Qogʻoz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr (9) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 7:
Q. dastlab (2-asr) Xitoyda olingan. Say Lun oʻsimlik tolalarining suvli boʻtqasini toʻrdan oʻtkazib, Q. olishga muyassar boʻlgan. Bu usul koʻp vaqtlargacha sir saqlab kelindi, 6-asr boshlarida Yaponiyada joriy qilindi. 6—8-asrlarda Q. ishlab chiqarish Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqaldi. 7-asrning boshlaridan — 19-asrning 1-yarmigacha Samarqandda ishlab chiqarilgan Q. Turkistondagina emas, balki qoʻshni mamlakatlarda ham mashhur boʻlgan. Keyinchalik Q. tayyorlash arablar orqali Eron, Shim. Afrika va Kiprga, keyinroq esa Ispaniya, Marokash va boshqa mamlakatlarga yoyildi. Q. bungacha yozuvda ishlatib kelinayotgan papirus va boshqa materiallarni siqib chiqardi. Keyinchalik (taxminan 10-asrda)Q. ishlab chiqarish Ispaniyadan Yevropadagi barcha mamlakatlarga, shu jumladan, Rossiyaga oʻtdi. 15—16-asrlarda kitob bosish kashf qilinganidan keyin q. [[ishlab chiqarish surʼati tezlashdi]]. 17— 18-asr mobaynida Gollandiyada yangi tuyish apparati — roll ixtiro qilindi, fransuz ixtirochisi N. L. Rober qoʻl bilan uzluksiz aylantirib turiladigan sim toʻrli Q. quyish mashinasini yaratdi. Keyinchalik bu sodda mashinaga presslash, quritish, kalandr va rulon qilib oʻrash seksiyalari qoʻshildi.
 
19-asr 60-yillarida Q. mashinasi deyarli hozirgi Q. mashinasi kabi qismlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik Q. mashinasining barcha qismlari takomillashtirildi. Q. ishlab chiqarish tezligi oʻnlarcha marta oshi-rildi. Latta xom ashyosi oʻrniga yogʻoch sellyulozasi tolalari ishlatiladigan boʻldi. Qadimgi roll mashinasi uzluksiz ishlaydigan tuyish appa-ratlariga almashtirildi. Sintetik polimer smola va tolalar borgan sari koʻproq ishlatiladigan boʻldi va Q. ishlash texnikasi takomillashtirildi (q.qarang [[Sellyuloza]]).
 
Q.ning 600 dan ortiq turi bor. Q., asosan, yozish, daftar va kitoblar chiqarish uchun ishlatiladi. Koʻpchilik hollarda Q. va karton toʻqimachilik, yogoch ishlash va shisha sanoati mahsu-lotlari bilan raqobatlashmoqda. Ular turli metall buyumlari oʻrnini egallamoqda, konstruksion, izolyatsiya-lovchi, qistirma, filtrlovchi, par-dozlovchi va h.k. materiallar sifatida ishlatilmoqda.
Qator 13:
Q. qanday maqsadlarda ishlatilishiga koʻra, massasi (1m;da 4—250 g). qalinligi (4 mm dan 400 mm gacha). mexanik xossalari (uzilish uzunli-gi, sinish, ezilish, titilish. siqilish, buralish), yelim olishi, kul-liligi, namliligi, rangi, oqlili-gi, silliqligi, singdirish qobiliya-ti, havo, bugʻ, yogʻ oʻtkazmasligi, die-lektrikligi va boshqa xossalari bilan ifo-dalanadi.
 
Xalqaro tasnifga koʻra, Q. quyidagilarga boʻlinadi: Matbuot Q. (bosmaxona, ofset, illyustratsiya, kartografiya, boʻrlangan Q.) — juda silliqligi, oqligi, bosma boʻyoqni yaxshi singdirishi bilan ajraladi. Gazeta q. [[bilan gul (oboy]]) Q. ham shu sinfga oid. Yozuv Q. (yozuv, pochta, konvert, kartochka Q) — yelim olishi, singdirish xususiyatining kichikligi, juda silliqligi bilan ajraladi. Chizmachilik-rasmchilik Q. (rasm, chizmachilik, chiz-machilik kalkasi Q.) — yelimni yaxshi oladi. Elektroizolyatsion Q. (kondensator, kabel, telefon, izo-lyatsion-oʻrov Q.) — mexanik mustah-kamligi, dielektriklik xossasi yax-shiligi bilan ajraladi. Papiros Q. (mundshtuk, papiros, sigaret, chekma Q.) — bu sinf Q.ning kompozitsiyasi. xossasi va tayyorlanish texnologiyasi turlicha. Shimuvchi Q. (filtr, bosma, singdiruvchi Q.) — fibra, pergament, sanitariyagigiyena mahsulotlari va boshqa tayyorlashda ishlatiladi. Apparat Q. (telegraf len-tasi, Krid lentasi, perfokarta Q.) — mexanik mustahkamligi bilan ifodalanadi. Yorugʻlik sezgir Q. — mexanik mustahkamligi, yaxshi yelim olishi bilan ajraladi, fotografiyada ishlatiladi (q.qarang [[Fotografiya]]). Koʻchirish Q. (kopirovka va koʻchirish Q.) — maxsus ishlov berib tayyorlanadi. Oʻrov Q. — oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlarini oʻrash uchun ishlatiladi. Sanoat-texnika Q. (patron, jilvir, diffuzor tovush yozib olish, ip oʻrashda ishlatiladigan va h.k.) — paxta tolasi, asbest, sunʼiy tolalardan oddiy usulda ishlab chiqariladi.
 
Q boʻtqasini tayyorlash texnologiyasi tola materiallarini tuyish; tolaga mos kompozitsiya tuzish; suspen-ziya, toʻldirgich, boʻyagichlar tayyorlash; q. [[braklarini qayta ishlashni oʻz ichiga oladi]]. Q. qogoz tayyorlash mashinasida olinadi. U uzluksiz ishlaydigan koʻp seksiyali agregat. Unda sersuv tola suspenziyasidan q. [[va baʼzi bir turdagi karton olinadi]]. Q. tayyorlash mashinasi 2 asosiy turga: yassi toʻrli (asosiy qogʻoz turlari ishlab chiqariladigan) va dumaloq toʻrli (baʼzi qogʻoz turlari va karton ishlab chiqariladigan) tiplarga boʻlinadi.