Oʻsimliklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tasvir:GntTaatiFruit.jpg Tasvir:Chestnut_in_Guntur.jpg bilan almashtirildi (CommonsDelinker tomonidan; File renamed: File renaming criterion #2: To change from a meaningless or a
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 39:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Oʻsimliklar''' — tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega boʻlgan avtotrof organizmlar (q.qarang [[Avtotroflar]]); hujayra poʻsti, odatda, qalin sellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim Oʻ. (saprofitlar, parazitlar) uchun xos boʻlgan geterotrof oziqlanish ikkilamchi hisoblanadi. Oʻ.ga xos boshqa xususiyatlar (oʻziga xos rivojlanish sikli, organlarning shakllanish yoʻli, yopishib yashash va boshqalar) hamma Oʻ.ga tegishli emas. Lekin bu belgilarning majmui Oʻ.ni boshqa tirik organizmlardan oson farq qilishga imkon beradi. Faqat tuzilishning quyi, ayniqsa, bir hujayralilar darajasida Oʻ. bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq uncha aniq sezilmaydi; shuning uchun evglenasimon suvoʻtlarni zoologlar bir hujayrali hayvonlarga kiritishadi. Bir hujayrali Oʻ.ning boshqa bir hujayrali organizmlardan asosiy farqi — xloroplastlar boʻlishidir. Tuzilish darajasi orta borgan sari Oʻ. bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq ham orta boradi.
 
Oʻ.ning oziqlanish jarayonida atrof muhitdan gazsimon (fotosintez) va suyuq (suv va unda erigan mineral tuzlar) moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi yuzasi tobora kengayib borgan. Yuksak oʻsimliklarda tana yuzasining kengayishi va ixtisoslashuvi toʻqimalar va vegetativ organlarning rivojlanishiga olib kelgan (q.qarang [[Toʻqima]], [[Vegegpativ organlar]]). Oʻ. tuzilishining koʻpchilik muhim xususiyatlari ularning oʻsishi va koʻpayishi, shuningdek, tarqalishiga moslanishi bilan bogʻliq.
 
Anʼanaga koʻra, 20-asrning oʻrtalarigacha barcha oʻsimliklar tuban (bakteriyalar, suvoʻtlar, zamburugʻlar, lishayniklar) va yuksak oʻsimliklar (yoʻsinlar, psilofitlar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar)ga ajratib kelingan. Hozirgi bakteriyalar va zamburugʻlar alohida dunyoga ajratiladi. Oʻ. dunyosi 3 kichik dunyo: qizil suvoʻtlar va yuksak Oʻ.ga boʻlinadi. Bu kichik dunyolar 350 000 turdan iborat barcha Oʻ.ni oʻz ichiga oladi.
Qator 51:
Yer yuzidagi Oʻ. turli hayotiy formalar (oʻtlar, butalar, daraxtlar, lianalar, epifitlar va boshqalar)ni hosil qiladi. Oʻ.ning xilmaxil turlaridan tarkib topgan fitotsenozlar Yer yuzi landshafti va boshqalar organizmlar uchun ekologik sharoitning xilmaxilligini belgilab beradi. Oʻ.ning bevosita ishtirokida tuproq va torf hosil boʻladi. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmirning hosil boʻlishi ham Oʻ. bilan bogʻliq.
 
Oʻ.ning gʻoyat xilmaxil turlaridan urugʻli Oʻ., asosan, gulli Oʻ. katta ahamiyatga ega. Urugʻli Oʻ. oziq-ovqat, kiyimkechak, yoqilgʻi, qurilish materiallari va boshqalarni beradi (q.qarang [[Madaniy oʻsimliklar]]). Odam juda katta maydonlarda madaniy Oʻ.ning sunʼiy qoplamlari (ekin ekiladigan dalalar, bogʻlar, xiyobonlar va boshqalar)ni barpo etishni, Oʻ.ning xilmaxil navlarini yaratishni bilib olgan. Ammo Oʻ.ni koʻp miqdorda yigʻib olish va Oʻ. boyliklaridan oqilona foydalanmaslik ularning juda katta maydonlarda yoʻqolib ketishiga olib keldi; koʻplab oʻsimlik turlarining butunlay yoʻqolib ketish xavfi tugʻildi. Shu sababdan, Oʻzbekistonda Oʻ.ni himoya qilish va ularning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish toʻgʻrisida maxsus qonun qabul qilingan (q.qarang [[Tabiashni muhofaza qilish]]). Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga noyob va yoʻqolib borayotgan Oʻ. turlari kiritilgan. Oʻ.ni botanika fani oʻrganadi. Yana q. Flora.
 
Ad.\ Jizn rasteniy, t. 1—6, M., 1974—82; Vent F.U., V mire rasteniy, M., 1972; Taxtadjyan A.L., Voprosm evolyutsionnoy morfologii rasteniy, L., 1954.