Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
k vikifikatsiya
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Yusuf''' — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Rivoyatlarga koʻra, Yaʼqub paygʻambarning Rohila ismli xotinidan boʻlgan sevikli oʻgʻli. Bibliyada Iosif deb tilga olingan. Qurʼonning 12surasi Yu.nomi bilan ataladi. Alloh Yu.ga tushlar taʼbirini aniq ayta olish qobiliyatini ato etdi. Naql qilishlaricha, Yaʼqub oʻz farzandlari orasida Yu.ni koʻproq yaxshi koʻrar edi. Akalari unga hasad qilib Yu.ni quduqqa tashlab yuboradilar, otalariga esa, Yu.ni dashtda boʻri yeb ketdi, deb yolgʻon gapiradilar. Karvonda ketayotganlar Yu.ni quduqdan chiqarib misrlik katta amaldorga sotadilar. Amaldorning xotini Zulayho Yu.ni sevib qolib yoʻldan urmoqchi boʻladi. Yu. zino qilishdan oʻzini tiyadi, lekin Zulayho igʻvosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi. Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yu. Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hoz. Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yu. chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan baloqazolarga sabrqanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yu. haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (q.qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->