Koʻchmanchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Mil. av. → Miloddan avvalgi (5), -a. → -asr (5), i.ch. → ishlab chiqarish, mil. 4 → milodiy 4 using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
Podachilikning oʻziga xos xususiyatlari (podani yaylovga haydash, oʻtlatish, suvlatish, qoʻriqlash, qirqim va h.k.) chorva xoʻjaligining erkaqlar ixtiyoriga oʻtishiga va uni maʼlum darajada ixtisoslashib borishiga olib keladi. Podachilik bilan dastavval yirik va mayda shoxli hayvonlar (qoramol, qoʻy, echki poda va otarlari hamda yilqi uyurlariyu, tuyalar) aralash boqilgan boʻlsa, keyinchalik esa yaylovga, asosan, mayda shoxli hayvonlar, yilqi va tuyalar haydalgan. Chunki koʻchma chorvachilikka qoʻy va echkilar koʻproq moslashib, soʻngra yilqichilik va tuyachilik paydo boʻlgan.
 
Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlarida Osiyoning togʻ oldi hududlari va dashtliklarida istiqomat qiluvchi oʻtroq va yarim oʻtroq qabilalarning bir qismi hayotida yarim K. va K. turmush tarzi shakllanib, koʻchma chorvachilik xoʻjaligi muqimlashadi. Miloddan avvalgi 1-mingyillikda esa, K. ayniqsa, Markaziy Osiyoda keng tus oladi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi va 1-ming yillikning boshlarida yashagan chorvador podachi jamoalarining moddiymadaniyat yodgorliklari qad. Xorazmda (Toza-bogʻyop), Zarafshon vodiysi (Urgut, Kattaqoʻrgʻon)da, Fargʻona vodiysi (Vodil va Karomkoʻl) da, Toshkent vohasida (Achikoʻl) topib oʻrganilgan (q.qarang [[Andronovo madaniyati]], [[Tozabogʻyop madaniyati]]).
 
Oʻrta Osiyoning qad. koʻchmanchilari va chorvachilik toʻgʻrisida yozma manbalarda (Avesto, yunon muarrixlari Gerodot va Strabon asarlari hamda Xitoy solnomalari) koʻpgina qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Mas. Avestoda qad. Turonzaminning tabiati — qalin qor bilan qoplangan togʻlari, bahorgi suv toshqinlari, maysali yaylovlari va qoʻyqoʻzilari taʼriflanib, choʻpon — "Xshupan" nomi bilan alohida tabaqa vakili sifatida ulugʻlanadi. Chorvachilik "ezgu amal" deb taʼriflanib, "chorvani" vodiylarda qoʻralarda saqlash, "yirik va mayda shoxli mol koʻp oʻgʻit bersa, oʻsha yer aziz" degan satrlarda chorvachilikning hayotiy mohiyati borasida olqishli soʻzlar yuritiladi va bunday xoʻjalik ezgu amal sifatida targʻib etiladi. Gerodot Pont Evksin (Qora dengiz) boʻylarida yashovchi yilqiboqar skiflar, Turonning koʻchmanchi chorvadorlari, massaget qabilalari haqida xabarlar bersa, Xitoy solnomalarida esa hunnu, syanbi, usun va boshqa koʻchmanchilar toʻgʻrisida tarixiy tafsilotlar keltiriladi.
Qator 21:
K. xoʻjaligining kengayishi va chorva boshlarining ortib borishi bilan koʻchmanchi aholi oʻrtasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish yuzaga keladi. Koʻchmanchi qabilalarning umum mulki hisoblangan chorva mollari bilan bir katorda xususiy chorva paydo boʻladi. Garchi yozgi va qishki yaylovlar hamda suv manbalari (quduq va qoklar hamda daryo va koʻl yoqalarida joylashgan suvlotlar) urugʻ va qabilalarning umumiy mulki hisoblansada, biroq qoʻra-qoʻra molu, otar-otar koʻyu echkilar va uyur-uyur yilqilar urugʻ va qabila boshliqlarining shaxsiy mulkiga aylantiriladi. Mas., miloddan avvalgi 3-asr — milodiy 4-asrlarda Sirdaryo havzasining oʻrta qismida tashkil topgan Qangʻ davlatinmng jabgʻulari oʻz chorva mollarini Taloye yaylovlaridan Sarisu va Chu daryolarining etaklari tomon haydasa, qish faslini Ohangaron vodiysida oʻtkazgan.
 
K. xoʻjaligi va urugʻ-aymoklar hamda el-yurt "biy" — urugʻ oqsoqoli, "yabgʻu" — qabila boshligʻi, "bek" va "xoqon" — ulus va yurt hukmdori tomonidan boshqarilib, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi qabilalarning oʻziga xos davlat boshqaruvi tizimlari shakllanadi (q.qarang [[Hunlar]], [[Turk xoqonligi]]). Koʻchmanchi chorvadorlar urtasida urugʻ-aymoqchilik udumlari nihoyatda kuchli boʻlib, oʻzga yurtlarga chopqunlar qilish, aholisining bir qismini qul qilib haydab ketish va sotish odatiy hodisa boʻlgan. Shu sababli koʻchmanchilarda qulchilikning patriarxal shakli asrlar mobaynida saqlanib, uning qoldiqlari qariyb 20-asr boshlarigacha yetib keladi.
 
K. xoʻjaligining oʻziga xos xususiyati tufayli chorvadorlar hech qachon oʻtroq xalqlardan ajralgan holda hayot kechirmagan. Tarixning barcha davrlarida hayotiy zarurat koʻchmanchi chorvadorlarni oʻtroq dehqon aholi bilan ham iqtisodiy va siyosiy, ham madaniy jihatdan oʻzaro uzviy bogʻlab turgan. Koʻchmanchi qabilalar bilan oʻtroq aholi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar kadimdan vujudga kelgan. Koʻchmanchi xoʻjaligida hayotiy zarur boʻlgan barcha vosita va mahsulotlarning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelgan muhtojlik, shuningdek, oʻtroq aholining chorvachilik mahsulotlariga boʻlgan talabi ular oʻrtasida mol ayirboshlashni yuzaga keltirgan. Asrlar davomida oʻzaro iqtisodiy aloqalar kengayib, dashtliklar bilan dehqonchilik vohalari chegaralarida esa tashqi savdo bozorlari vujudga kelgan. Ayrim yillarda esa, qishning qahraton, bahor mavsumining qurgʻoq kelishi va yaylovlarda mollarning qirilib ketishi oqibatida koʻchmanchilar dehqonchilik vohasiga kirib kelib, jon saqlagan. Koʻchmanchi qabilalar bilan oʻtroq aholi oʻrtasidagi tinchlik munosabatlar koʻpincha boʻzilib, oʻzaro toʻqvashuvlar sodir boʻlgan. Koʻchmanchilar doimiy ravishda dehqonchilik vohalari va qishloqlarga hujum qilib turganlar. Shahar va viloyatlarni bosib olib oʻz siyosiy hukmronligini oʻrnatganlar (mas, Eftaliylar, moʻgʻullar istilosi va boshqalar).