Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.da → va boshqalarda, va b. → va boshqa using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 9:
Mustaqilikka erishilgandan soʻng Oʻzbekistonda huquqiy davlat barpo etishning tarkibiy vazifasi sifatida sudhuquq islohoti oʻtkazilmoqda. S. hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil ish yuritishi va S. faoliyatining boshqa asosiy prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida eʼtirof etildi (106— 116moddalar), yangi sud tizimi barpo qilindi, "S. lar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1993 y. 2 sent., yangi tahriri 2000 y. 14 dek.) va bir qator qonunlar amalga kiritildi. S. tomonidan chiqarilgan hujjatlar barcha davyaat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
 
Qonuvda belgilangan hollardan tashqari S.larda barcha ishlar oshkora yuritiladi (q.qarang [[Sudlovning oshkoraligi]]). S. ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida va muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. Ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi. S. ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. S. ning faoliyati qonun usduvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilgandir.
 
Gʻafur Abdumajidov.