Buxoro viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 111:
 
== Matbuoti, radnoeshittnrnshn va televvsheniyesi ==
Buxoro viloyati da 2 viloyat gaz. („Buxoronoma“, „Buharskiy vestnik“), 11 tuman gaz., 2 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek 9 tarmoq gazetasi nashr etiladi. Buxoro viloyati da dastlabki radio eshittirishlari 1922-yildan boshlagan. O‘sha davrdan radio ijtimoiysiyosiy hayotga doyr mazmunli eshittirishlari bilan eʼtibor qozonmoqdasr Buxoro viloyati radiosi oyiga 30 soatlik hajmda eshittirishlar beradi (2001).1924-yilda Turkistondagi dastlabki kino tashkiloti Buxoroda tuzildi (q.qarang „Buxkino“). 1993 ylan Buxoro viloyati televideniyesi faoliyat ko‘rsatmoqdasr Studiya uchun maxsus bino kurilgan. Bir oylik ko‘rsatuvlar vaqgi 30 soatdan ortadi. Buxoroda „Istiqlol“ xususiy televideniyesi tashkil ztilgan (1995). Buxoro viloyati G‘ijduvon shla „Ark“ xususiy televideniyesi ham bor. Meʼmoriy yodgorliklari. Buxoro viloyati kddimiy davr, ilk va o‘rta asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklarga juda boy. Hozirgi vaqtda Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqo‘rikxonasi hisobida 997 tarixiy yodgorliklar mavjud. Turondagi eng qad. yodgorliklardan biri sanalgan Buxoro hukmdorlarining qarorgohi – Buxoro arki (miloddan avvalgi 1-asr) bugungi kungacha saqlangan.Shahar yonidagi Fathobodda Sayfiddin Boharziy makbarasi (13-asr), Bayonkulixon makbarasi (14-asr), Buxoro tumanidagi Sumiton qishlog‘ida Chorbakr ansambli (16-asr), Hazrat bobo masjidi (18-asr), amirning yozgi qarorgohi – Sitorai Mohi Xosa saroyi (19–20-asrlar), Vobkent tumanida Vobkent minorasi (12-asr), Chashmai Ayyub hazirasi (1208), Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi (13-asr), Abdurahmon Vali maqbarasi (14-asr), Vobkent hammomi (16–17-asrlar), Toshmasjid (16–17-asrlar), So‘fidehqon xonaqosi (17–18-asrlar), Jondor tumanida Varaxsha shahar harobalari (7-asr), Mahmud Torobiy dahmasi (13-asr), Qizbibi majmuasi (15-asr), Kogon tumanidagi Qasri Orifonda Hazrat Bahouddin majmuasi, Abdulazizxon honaqosi va Dahmai Shohon (14–16-asrlar), Hazrat Mir Kulol maqbarasi (14-asr), Kogon shahrida Temiryo‘lchilar (sobiq Amir) saroyi (19–20-asrlar), Peshku tumanida Xo‘jam Bandi Kushod va Xo‘jam Sayd Po‘lat maqbaralari (18–19-asrlar), Romitan tumanida Xoja Ali Rometaniy – Xojai Azizon va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (14-asr), Mulla Mir Hakim xonaqosi, Shofirkon tumanida Vardonze shahar yodgorligi (6–7-asrlar), Hazor Hyp daxmasi (8-asr), Xoja Orif Revgariy – Mohitobon maqbarasi (13-asr), Qorovulbozor tumanida Bo‘zachi va Qorovulbozor sardobalari (17-asr), Qorako‘l tumanida Poykend shahar harobalari (8-asr). Shoburxon ota maqbarasi va masjidi, G‘ijduvon tumanida Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy – Xojai Jahon (12-asr) masjidi va maqbarasi, Ulug‘bek madrasasi (15-asr), Toshmasjid va Dehqonbobo xonaqosi (15–16-asrlar), Xoja Soktare masjidi (17-asr), Chorsu masjidi (18– 19-asrlar) kabi noyob meʼmoriy obidalar saqlangan. Shuningdek, Buxoro vohasida Raboti Malik karvonsaroyi va Malik sardobasi (11-asr), Karmana shahrida Mirsaid Bahrom maqbarasi (10–11-asrlar), Qosim shayx xonaqosi (16-asr) mavjud.Bu tarixiy yodgorliklarda Sharq meʼmorlik anʼanalari o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. O‘zbek xalqi tomonidan ikki ming yil mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy isteʼdodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvchilik kudratidan dalolat beradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==