Chigʻatoy ulusi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k 1 × linkfix
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 14:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Chigʻatoy ulusi''' - [[Chingizxon]] tomonidan 2oʻgʻli [[Chigʻatoy]] va uning [[merosxoʻrlik|merosxoʻrlari]]ga hukmronlik uchun berilgan ([[1224]]) hududning [[nom]]i. Chigʻatoy [[ulus]]i [[Qashqar]], [[Yettisuv]] va [[Movarounnahr]] yerlarini oʻz ichiga qamrab olgan. [[Koʻchmanchilik]] bilan shugʻullanuvchi [[moʻgʻullar]]ning oʻtroq [[aholi]]ni boshqarish tajribasi yoʻkligi bois [[Chigʻatoyxon]] oʻziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik [[Mahmud Yalavoch|Maxmud Yalavoch]]ga, soʻngra uning oʻgʻli [[Masʼudbek]]ka ([[1238]]—[[1289|89]]) topshiradi. Oʻzi esa umrining oxirigacha ukasi [[Oʻqtoyxon|Oʻktoy qoon]] [[saroy (qasr)|saroy]]ida bosh maslahatchi [[tarz]]ida faoliyat koʻrsatadi. Chigʻatoy ulusidan olinadigan [[daromad]]larning asosiy qismi Horaqurumta joʻnatilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy [[hokim]] ulus [[ehtiyojlar]]i hamda [[qoʻshin]] [[xarajatlar]]i yoʻlida sarf qilish huquqiga ega boʻlgan. Chigʻatoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan moʻgʻullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat moʻgʻul [[bosqoq]]lari, [[dorugʻa]]lari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. [[Dehqonlar]], [[hunarmand]]lar, [[kosibchilik|kosiblar]], [[chorvachilik|chorvadorlar]] ilgaridan mavjud boʻlgan [[soliq]]lardan tashqari moʻgʻullar joriy qilgan yangi soliq va [[oʻlpon]]larni toʻlashga majbur edi. Oxirokibat Chigʻatoy ulusining [[qishloq]] va [[shahar]]larida moʻgʻullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtgan (q.qarang [[Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni|Maxmud Torobiy qoʻzgʻoloni]]). Chigʻatoy [[vafot]]idan soʻng [[Mangu]] [[qoon]] va [[Botuxon]] Chigʻatoy ulusini [[mulk]] sifatida tugatib, uni [[Tulixon|Tuli]] va [[Joʻjixon|Joʻji]] [[vorislik|vorislari]] oʻrtasida taqsimlashga kelishib olishgan. [[1251]] yil imperiya [[poytaxt]]i [[Qoraqurum]]da boʻlib oʻtgan [[qurultoy]]da Mangu qoon etib saylangach, chigʻatoy xonzodalarning koʻpchiligi [[Oʻqtoyxon|Oʻktoy qoon]] [[avlod]]lari qatori qatl qilingan. Chigʻatoy ulusini Mangu qoon va Botuxon boʻlishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram boʻlib qolgan. [[XIII asr|13-asr]]ning 60- yillarida Chigʻatoyning 6farzandi Baydarning oʻgʻli [[Algu (Chig`atoy)|Olgʻu]] ([[1261]]—[[1265|65]]) chigʻatoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olgʻu vafot etgach, uning vorislari — [[Muborakshoh]] va [[Baroqxon]] mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda boʻlish maqsadida [[musulmon]] [[din]]ini qabul qilganlar. [[1266]] yil Chigʻatoy ulusi [[xon]]i [[qarorgoh]]i Yettisuvdan Movarounnahrga — [[Ohangaron]]ga koʻchiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida [[Xaydu (Chig`atoy)|Xaydu]] koʻrsatmasiga muvofiq [[Masʼudbek]] tomonidan [[Buxoro]] qayta tiklanadi. [[Fargʻona vodiysi]]da yangi shahar — [[Andijon]]ga [[asos]] solinadi. [[Kepakxon Ibn Duvaxon|Kebakxon]] ([[1318]]—[[1326|26]]) davrida qarorgoh [[Qashqadaryo]]ga koʻchiriladi, qad. [[Nasaf]] yaqinida [[Qarshi]] shahri barpo etiladi. Ulus [[Eron]]dagi kabi [[maʼmuriyat|maʼmuriy]] birliklar hamda soliq undiriluvchi [[tuman]]larga (Fargʻona va [[Qashqar (shahar)|Qashqar]]da — oʻrchin) taqsimlanadi, yagona [[pul birligi]] — [[kepaki|kebakiy]]ga oʻtiladi. Ammo moʻgʻul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida oʻtkazilgan maʼmuriy va [[moliya]]viy [[islohot]]lar [[siyosat|siyosiy]] tarqoklikka barham berishga qodir emas edi. [[XIV asr|14-asr]] oʻrtalarida Chigʻatoy ulusi Movarounnahr va [[Moʻgʻuliston (qadimgi davlat)|Moʻgʻuliston]]ta boʻlinib ketgan. [[1370]] yil Movarounnahrda [[Amir Temur]] [[saltanat]]ining oʻrnatilishi chigʻatoiylar hokimiyatiga barham berdi.
 
== Adabiyot ==