Maʼrifatchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 9 y. → 9 yil (2), -a. → -asr (8) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
Sharq maʼrifatchiligi umuman dinga qarshi emas, balki diniy aqidaparastlikka qarshi boʻldi. Sharqdagi M.ning yirik namoyandalari Ismoil-bek Gasprinskiy, Zakiy Validiy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Fitrat, Munav-varqori, Abdulla Avloniy kabilar diniy aqidaparastlikka qarshi keskin kurash olib bordilar, lekin bu kurash dahriylik mavqeidan emas, moʻʼtadil dindorlik mavqeidan olib borildi. Ularning kupi dindor, baʼzilari esa (M. Behbudiy) diniy ulamo boʻlgan. Gʻarb maʼrifatchiligi zamindorlar va monarxiyaga qarshi kurash bayrogʻi ostida oʻtdi. 1789 yil Buyuk fransuz inqilobish keltirib chiqargan sabablar orasida M. muhim oʻrin tutadi. Sharq, xususan, Oʻrta Osiyo maʼrifatchilari keskin siyosiy talablarni olgʻa surishmadi. Ular jamiyatni savodli qilish orqali adolatli va farovon turmushga erishmoqchi boʻldilar. Gʻarbda maʼrifatchilar koʻproq tabiiy fanlarga murojaat qilishdi. Chunki yuqorida nomlari zikr etilgan gʻarblik maʼrifatchilarning deyarli barchasi ayni paytda tabiatshunos olim boʻlib, ularning koʻpchiligi tabiatshunoslik rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan. Sharkda faqat tabiiy fanlarga emas, umuman ilm-fanga, sogʻlom fikrga, mantiqqa murojaat qilishdi. Ular xalqni roʻshnolikka chiqarishning asosiy yoʻli — uni savodli qilish, ortiqcha sarfharajatlar talab qiladigan marosimlarga qarshi kurashda deb bilishdi. Shu bilan birga, ular diniy aqidaparastlikka qarshi kurashda faqat dunyoviy fanlardan emas, Qurʼon oyatlari va paygʻambar hadislaridan ham foydalanishdi, zero ularning koʻpchiligi mu-ayyan diniy bilimlarni ham egallagan edi.
 
Gʻarb maʼrifatchilari cherkov tomonidan taʼqib va tazyiq ostiga olindi. Lekin 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida Yevropada demokratik muassasalar tarkib topa boshlagani, soʻz erkinligi va vijdon erkinligi tamoyillari amal qila boshlagani uchun cherkov ularga sezilarli zarba bera olmadi. Oʻrta Osiyoda esa 19-asr soʻnggi choragida rivojlana boshlagan M. harakati vakillari koʻplab qurbon berdilar. 20-asr boshida jadidlar harakati (q.qarang [[Jadidchilik]]) ikkiga boʻlinib, aqidaparastlar kuchayib keta boshlagach, maʼrifatchilar koʻp talofat kura boshladilar. Ularning koʻp qismi taʼqib va sazoyi qilindi. 1918—19 yillarda aqidaparast ulamolarning fatvosi bilan minglab maʼrifatchilar va ularga xayrixoh kishilar jismonan yoʻqotildi. Shoʻrolar davri tarix va falsafa fanida maʼrifatchilarga idealizm vakillari, deb baho berilgan. Chunki maʼrifatchilar jamiyatni rivojlantirishga inqilobiy toʻntarishlar bilan emas, yaxshilikni, adolatni, bilimlarni targʻib qilish yoʻli bilan erishmoqchi boʻlgan edilar. Shoʻrolar davlati siyosiy amaliyotida esa ularga xalq dushmanlari yorligʻi yopishtirildi, ular jazolandi yoki qatl etidsi.
 
Oʻzbekistonda mustaqillik qoʻlga kiritilgach, maʼrifatchilarga istiqlolning maʼnaviynazariy asoschilari deb baho berish ustuvorlik qila boshladi. Aslida rus mustamlakachiligi davrida maʼrifatchilar orasida Rossiya bilan birga rivojlanishni targʻib qiluvchilar oz emasdi. Qanday boʻlmasin, maʼrifatchilar xalqimizning madaniy, maʼnaviy rivojlanish tarixida katta oʻrin tutadi.