Makka: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Grammatikani tuzatdim Teg: Mobil ilova orqali |
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
||
Qator 6:
M. qad. shahar, asos solingan yili nomaʼlum. Dastlab Zamzam bulogʻi atrofida aholi turar joylari paydo boʻlgan. M. ilk bor Ptolemey asarlarida Makoraba deb qayd etilgan. Miloddan avvalgi 2—1ming yilliklarda M. arab qabilalari uchun muqaddas joy hisoblangan. Islom paydo boʻlishidan avval Sharq bilan Oʻrta dengiz boʻyi davlatlari oʻrtasidagi savdoda muhim oʻrin tutgan. Milodiy 5-asr oʻrtalarida M. quraysh qabilasi qoʻliga oʻtdi. Shu davrda quraysh qabilasining boshligʻi Zayd bin Kilob (Qusay laqabi bilan mashhur) Kaʼba atrofidagi yerlarni oʻz qabiladoshlariga boʻlib berdi. Qusay va uning avlodlari oʻtkazgan islohotlar natijasida M. tez suratlar bilan oʻsdi, bozorlar koʻpayib, ziyoratchilar uchun yangi quduklar qazildi. 6-asr oxiri — 7-asr boshida shahar Arabiston ya.o.ning faqat savdo va diniy emas, balki siyosiy markaziga ham aylandi. Shunday vaziyatda M.da yakkaxudolik (tavhid)ga asoslangan islom dinining targʻiboti boshlandi. M.da Muhammad (sav) tugʻilgan, 7-asrdan musulmonlarning muqaddas shahri va ziyoratgohi.
610 yil Muhammad (sav) M. yaqinidagi Hiro togʻida oʻziga birinchi bor vahiy, yaʼni Qurʼon oyatikarimalari nozil boʻlganini eʼlon qildi. 622 yilda musulmon jamoasi M. bilan raqobatlashib kelgan Yasrib (Madina) shahriga koʻchib oʻtdi (
M.dagi Al-Masjid alharom va Baytulloh alharom—Kaʼba musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgoh.
|