Jamiyat: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: i. ch. → ishlab chiqarish (6) using AWB |
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
||
Qator 1:
'''Jamiyat''' — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. J.dagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar J.ning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. J. moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaqa boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlarita kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoii tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoii qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. J.da turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii gypyxlapga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoii, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (
Hozir Oʻzbekistonda J. taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy J. barpo etilmoqda.<ref>Abdulhay Valiyev. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|