Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Yer''' — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Ye. katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Ye.da hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Ye.ni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Ye.dagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (q.qarang [[Yerdan tashkaridagi sivilizatsiyalar]]).
 
Hoz. zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Ye. Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 mlrd. yil muqaddam paydo boʻlgan. Ye. tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Ye.ning ichki qismi asta-sekin qizib, Ye. moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Ye.ning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Ye. ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Ye. ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Ye. ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.
Qator 55:
E. gravitatsion (tortish), issiklik, magnit va elektr maydonlariga ega. Ye.ning gravitatsion kuchi Oy va sunʼiy yoʻldoshlarni Ye. orbitasida tutib turadi. Ye.ning sferik (dumaloq) shaklda boʻlishi, Ye. usti relyefining koʻp xususiyatlari, daryolar oqimi, muzliklar siljishi va b. jarayonlar ham gravitatsion maydon oqibatidir.
 
Magnit maydoni Ye. yadrosi va mantiyadagi turli jarayonlardan kelib chiqadi (q.qarang [[Yer magnetizmi]]). Ye.ning elektr maydoni ham magnit maydoni bilan chambarchas bogʻliq (q.qarang [[Atmosfera elektri]]). Atmosfera va magnitosferada birlamchi kosmik omillar katta oʻzgarishga uchraydi. Kosmik nurlar, quyosh shamoli, quyoshning rentgen, ultrabinafsha, optik va radio nurlari yutiladi va b. oʻzgarishlarga uchraydi, bu esa Ye. yuzasidagi jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Magnitosfera, xususan, atmosfera elektromagnit va korpuskulyar radiatsiyaning koʻp qismini tutib qolib, tirik organizmlarni uning halokatli taʼsiridan saqlaydi.
 
E. Quyoshdan 1,7-1017 J/s miqdorida nur energiyasi oladi, lekin uning atigi 50 % Ye. yuzasigacha yetib keladi va Ye. yuzasidagi koʻp jarayonlarning energiya manbai bulib xizmat qiladi.
Qator 67:
17-asr boshlarida nemis astronomi I. Kepler tomonidan sayyoralar qarakati qonuni kashf etilib, 1687 y. da I. Nyuton tomonidan Butun olam tortishish konuni isbot qilinganidan soʻng geliotsentrik sistema nazariyasi uzil-kesil karor topdi. „Qattiq“ Ye. tuzilishi, asosan, 20-asr da seysmologiya yutuklari tufayli aniqlandi.
 
Elementlarning radioaktiv parchalanishi hodisasi kashf etilgach, koʻpgina fundamental konsepsiyalarni qayta koʻrib chiqishga toʻgʻri keldi. Jumladan, Ye. eng avval suyuq olov edi, degan tushuncha oʻrniga Ye. qattiq sovuq zarralardan vujudga kelgan degan nazariya paydo boʻldi (q.qarang [[Shmidt gipotezasi]]). Togʻ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashning radioaktiv metodlari ishlab chiqildi. Bu esa Ye. tarixi qancha davom etganini, yer yuzasi va bagʻridagi jarayonlarning tezligini aniqlashga imkon berdi.
 
20-asr 2-yarmida raketa va sunʼiy yoʻldoshlardan foydalanib, atmosferaning yuqori qatlamlari va magnitosfera haqida tasavvurlar shakllandi.
 
E.ning massasi 5976–6021&nbsp;kg, bu esa Quyosh massasining 1/330000 qismiga teng . Quyoshning tortish kuchi taʼsirida Ye. Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar kabi, Quyosh atrofida doiradan juda oz farq qiladigan elliptik orbita boʻylab aylanadi. Quyosh Ye.ning elliptik orbitasi fokuslaridan birida turadi. Shuning uchun ham Ye. bilan Quyosh orasidagi masofa yil davomida 147,117 mln. km dan (perigeliylya) 152,083 mln. km gacha (afeliyaa) oʻzgarib turadi. Ye. orbitasining 149,6 mln. km ga teng katta yarim oʻqi Quyosh sistemasi doirasida masofalarni oʻlchashda birlik deb qabul qilinadi (q.qarang [[Astronomik birlik]]). Ye.ning orbita boʻylab qiladigan harakat tezligi, oʻrta hisobda, 29,765&nbsp;km/s boʻlib, 30,27&nbsp;km/s dan (perigeliyda) 29,27&nbsp;km/s gacha (afeliyda) oʻzgarib turadi. Ye. Quyosh bilan birga Galaktika markazi atrofida ham aylanadi, galaktik aylanish davri 200 mln. yilga yaqin vaqtga teng, harakatning oʻrtacha tezligi 250&nbsp;km/s. Eng yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh Ye. bilan bir-galikda Gerkules yulduzlar turkumiga tomon ~ 19,5&nbsp;km/s tezlikda harakat qiladi.
 
E.ning Quyosh atrofida aylanish davri yil deb ataladi va Ye. harakati osmon jismlarining qaysi biriga va osmon gumbazining qaysi nuqtasiga nisbatan olinishiga qarab yil har xil ataladi. Quyosh markazining bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikki marta ket-ma-ket oʻtishi uchun ketgan vaklta tropik yil deb ataladi. Tropik yil Quyosh taqvimlari uchun asos qilib olingan va u 365,2422 oʻrtacha quyosh sutkasiga teng (q.qarang [[Taqvim]]).
 
Boshqa sayyoralarning tortishi taʼsirida ekliptika tekisligining holati va Ye. orbitasining shakli mln. yillar mobaynida sekin oʻzgaradi. Bunda ekliptikaning Laplas tekisligita ogʻishganligi 0° dan 2,9° gacha, Ye. orbitasi ekssentrisiteti esa 0 dan 0,067 gacha oʻzgaradi. Hoz. ekssentrisitet 0,0167 ga teng bulib, yiliga 4-10~7 dan kamaya boradi. Olam Shim. Qutbidan turib Ye. shariga qaralsa, Ye.ning orbita buylab soat miliga teskari yunalishda aylanayotganini koʻrish mumkin boʻlar edi. Gravitatsiya, Ye.ning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida yuzaga keladigan markazdan qochma kuch, shuningdek, relyef hosil qiluvchi ichki va tashqi kuchlar taʼsirida Ye. murakkab shaklga kirgan. Gravitatsion potensialning sath yuzasi (yaʼni hamma nuqtalarda shoqul yoʻnalishiga perpendikulyar (tik) boʻlgan va okean sathiga toʻgʻri keladigan yuza) taqriban Ye. shakli deb qabul qilingan (bunda okeanlarda toʻlqin, suv koʻtarilishi, oqim va atmosfera bosimi taʼsirida suv sathining oʻzgarib turishi eʼtiborga olinmaydi). Bu geoid shakl deb ataladi. Ana shu yuza bilan chegaralangan qajm Ye. qajmi deb h.isoblanadi (qitʼalarning dengiz sathidan yuqori joylashgan qismlari hajmi bunga kirmaydi). Geodeziya, haritagrafiya va b. da bir qancha ilmiy va amaliy masalalarni hal qilish uchun Ye. shaklining ellipsoid yuzasini Ye. shakli deb qabul qilinadi. Ye. ellipsoidi parametrlarini, Ye.dagi holatini, shuningdek, Yerning gravitatsion maydonini bilish, sunʼiy kosmik jismlarning harakat qonunlarini oʻrganadigan astrodinamikada katta ahamiyatga ega (q.qarang [[Geodeziya]], [[Gravimetriya]]).
 
E. shar shaklida deb hisoblansa, ekvatordagi har bir nuqta 462&nbsp;m/s, sr kenglikdagi nuqtalar esa 463 cos f (m/s) tezlik bilan harakatlanadi. Aylanish chizikli tezligining, binobarin markazdan qochma kuchning kenglikka bogʻliqligi turli kengliklarda ogʻirlik kuchi tezlanishining turlicha boʻlishiga olib keladi.
Qator 95:
Atmosfera kosmik nurlarning maʼlum qismini ham ushlab qolib, Ye.ni meteoritlar zarbasidan saqlaydi. Quruqlik va dengiz ustida, turli balandlik va turli kengliklarda atmosfera turlicha qizigani uchun atmosfera bosimi ham turlicha taqsimlanadi. Shu sababli umumiy atmosfera sirkulyasiyasi vujudga keladi. Suvning aylanib yurishi, yogʻin-sochin va ularning oqishi atmosfera sirkulyasiyasi bilan bogʻliq. Issiqlik almashinuvi, suvning aylanib yurishi va atmosfera sirkulyasiyasi iqlimni vujudga keltiradigan asosiy omillardir. Quruklik sirtida va suv havzalarining yuqori qatlamlarida yuz beradigan turli jarayonlarda atmosfera muhim rol oʻynaydi. Ye.da hayotning rivojlanishida atmosferaning oʻrni beqiyos.
 
[[Gidros]]fe[[ra]]. Suv qobigʻi Ye. shari yuzasini sidirgʻasiga qoplagan emas. [[Gidros]]fe[[ra]] umumiy hajmining qariyb 94 % okean va dengizlardir; 4 % yer osti suvlariga, 2 % muz va qorlarga (asosan, Arktika, Antarktika va Grenlandiyada), 0,4 % kuruklikdagi suvlarga (daryolar, koʻllar, botqoqliklarga) toʻgʻri keladi. Atmosfera va organizmlarda ham suv bor. Ye. yuzasiga bir yilda yogʻadigan yogʻin miqdori quruklik va okeanlar yuzasidan bugʻlanadigan suv miqdoriga teng (q.qarang [[Gidros]]fe[[ra]]).
 
„Qattiq“ Yer. „Kattiq“ Ye.ning tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari haqida, asosan, taxminan maʼlumotlargina mavjud, chunki Ye. poʻstining faqat eng ustki qisminigina bevosita kuzatish imkoniyati bor. Ye. qaʼrining eng chuqur qatlamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar esa turli xil bilvosita (asosan, seysmologiya, gravimetriya, geotermiya, magnitometriya, geofizika, Ye. tebranishi chastotasini oʻlchash va b.) tadqiqot usullari bilan olingan. Bulardan eng ishonchlisi — zilzila toʻlqinlarining Ye.da tarqalish yoʻllari va tezligini oʻrganishga asoslangan seysmik usuldir. Bu tadqiqotlar asosida Ye. 3 geosfera: Ye. poʻsti, mantiya va yadrodan tuzilganligi isbotlandi.
Qator 103:
Okeanlarda choʻkindi qatlamning qalinligi aksari bir necha yuz m ni tashkil etadi. „Granit“ qatlami juda yupqa yoki butunlay bulmaydi. Uning urnida qalinligi 1—2,5&nbsp;km cha bulgan va tabiati aniqlanmagan „ikkinchi“ qatlam uchraydi. „Bazalt“ qatlamining qalinligi 5&nbsp;km chamasida. Ye. poʻstining asosiy tiplaridan tashqari yana „oraliq“ tuzilishiga ega bir necha tiplari uchraydi. Subkontinental (baʼzi bir arxipelaglar tagida) va subʼokean tiplari (qitʼa ichkarisida va chekka dengizlarning chuqur suvli botiqlarida) shular jumlasidandir. Subkontinental poʻstda „granit“ va „bazalt“ qatlamlari bir-biridan unchalik aniq ajralmagan va umumlashtirilib granit-bazalt qatlami deb yuritiladi. Subʼokean poʻsti okean osti Ye. poʻstiga yaqin, ammo undan umumiy qalinligi, shu jumladan chukindi qatlamining qalinligi bilan farq qiladi. Ye. poʻsti 95 % otqindi, 5 % chukindi va metamorfik jinslardan tuzilgan. Aksariyat foydali qazilma konlar Ye. poʻstila joylashgan. Ye. poʻstining ostida Ye.ning mantiya qobigʻi boshlanadi. Mantiyadan Ye. poʻsti Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan.
 
Mantiya 3 qatlamdan iborat bulib, 2900&nbsp;km chuqurlikkacha choʻzilib, usha yerda Ye.ning yadrosi bilan chegaralanadi. Ikki qatlami yu qori mantiya (kalinligi 850–900&nbsp;km)ni va 3-qatlam quyi mantiya (qalinligi 2000&nbsp;km cha)ni tashkil etadi. 1-qatlamning bevosita Ye. poʻsti tagidagi ustki qismi substrat deyiladi. Ye. poʻsti substrat bilan birgalikda litosferami hosil qiladi. Yuqori mantiyaning quyi qismi uning xossalarini kashf etgan seysmolog nomi bilan Gutenberg kotlami (astenosfera) deb ataladi. Gutenberg qatlamida seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi undan yuqori va quyidagi qatlamlardagidan kichikroq. Astenosfera quyi mantiyadan Golitsin qatlami bilan ajralgan. Golitsin qatlamida seysmik toʻlqinlarning tezligi quyiga tomon orta boradi (boʻylama toʻlqinlar 8—11,3&nbsp;km/sek, koʻndalang toʻlqinlar 4,9—6,3&nbsp;km/sek ga yetadi) (q.qarang Yer ma[[ntiyasi]]). Hoz. zamo-naviy tasavvurlarga kura mantiyaning tarkibi tosh meteoritiga yaqin. Man-tiyada kislorod, kremniy, magniy, temir koʻp.
 
Yer yadrosi (urtacha radiusi 3,5 ming km cha) tashqi yadro hamda 1,3 ming km radiusli ichki yoki subʼyadroga bulinadi. Subʼyadroda seysmik toʻlqinlar deyarli bir xil tezlikda tarqaladi. Ularni bir-biridan kalinligi 300&nbsp;km ga yaqin oraliq zona ajratib turadi.
Qator 115:
Yuqori mantiyaning 700&nbsp;km chuqurlikkacha boʻlgan qismida zilzila oʻchoqlari mavjudligi aniqlangan. Bu esa mantiyani tashkil etadigan materialning mustahkamligidan dalolat beradi; bundan ham chuqurroqa zilzila oʻchoqlarining yoʻqligi bu yerda moddaning u qadar mustahkam emasligidan yoki yetarli darajada mexanik kuchlanish yoʻqligidan darak beradi. Substratning elektr oʻtkazuvchanligi juda sust; Gutenberg (astenosfera) qatlaminiki esa kuchli, bu t-raning yuqori boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa kerak deb hisoblaydilar, quyi mantiyaniki, ehtimol, bundan ham kuchliroq. Ye. yadrosida oʻtkazuvchanlik juda kuchli, bu esa yadrodagi moddaning metallik xossalaridan darak beradi.
 
Hoz. kosmogonik farazlar sayyoralar, ularning yoʻldoshlari va meteoritlarning kimyoviy tarkibi Quyosh tarkibiga yaqin boʻlishi kerakligini koʻrsatadi (q.qarang [[Geokimyo]]).
 
E. poʻstining deyarli yarmi kisloroddan, toʻrtdan biridan koʻprogi esa krem-niydan tarkib topgan. Alyuminiy, magniy, kalsiy, natriy va kaliy ham anchagina. Kislorod, kremniy, alyuminiy Ye. poʻstida eng koʻp tarkalgan birikmalar — silikat angidrid (SiO2) va alyuminiy oksid (A12O3)ni hosil qilgan.
Qator 161:
Morfoskulpturalar. Morfoskulpturalarning shakllanishida dare va vaqtincha oqar suvlarning roli katta. Suv keng tarqalgan flyuvial (erozion va akkumulyativ) shakllarni (daryo vodiylari, soyliklar, jarlar va b.) hosil qilgan. Muzlik shakllari ham koʻp. Ular xoz. va kad. muzliklar faoliyati bilan bogʻliq. Osiyo va Shim. Amerikada koʻp yillik muzloq qatlamli jinslar tarqalgan joylarda turli shakldagi muzlagan yerlar (kriogen) relyefi rivojlangan. Choʻl va chala choʻl oʻlkalarda fizik nurash, shamol va vaq-tincha okar suv oqimlari tufayli yuzaga kelgan arid relyef shakllari keng tarqalgan.
 
[[Biosfe]]ra]]. Tarkibi, tuzilishi, energetikasi tirik organizmlar faoliyati bilan chambarchas bogʻlangan biologik qobiq, yaʼni biosferaning mavjudligi Ye.ning sayyora sifatidagi oʻziga xos eng muhim xususiyatidir. [[Biosfe]]ra]]ga Ye.ning faqat hoz. hayot tarqalgan ustki qismigina emas, balki boshqa geosferalarning tirik modda kirib boradigan hamda uning faoliyati taʼsirida qachonlardir qaytadan oʻzgargan qismlari ham kiradi. Shu sababdan biosfera tirik organizmlarning faqat hoz. yashash muhitini emas, balki kad. muhitini ham oʻz ichiga oladi. Turli maʼlumotlarga koʻra, Ye.da 2,5 mln. turga yaqin tirik organizmlar tarqalgan. Shundan faqat 1/5 qismini oʻsimliklar tashkil qiladi. Hayvonlar orasida turlar soni jihatidan boʻgʻimoyoqlilar birinchi (1500000 turdan ortiq), mollyuskalar — ikkinchi (130000 tur), xordalilar (40000 tur) uchinchi, oʻsimliklardan yopiq urugʻlilar birinchi (350000 tur), zamburugʻlar (100000 tur) ikkinchi oʻrinda turadi. Biroq turlar soni individlar soniga har doim mos kelavermaydi, chunki oʻsimlik va hayvonlar ayrim sistematik guruhlarining turlari kam boʻlgani holda individlar soni haddan tashqari koʻp bulishi mumkin. Shu sababdan oʻsimliklar va hayvonot dunyosini taʼriflashda biomassa va biologik mahsuldorlik tushunchalaridan foydalaniladi. Tarkibi jihatidan biosfera moddasi tirik (organizmlar), biogen (tirik organizmlar barpo etgan mahsulotlar), biokos (biologik va anorganik jarayonlarning birgalikdagi taʼsiri natijasida ham hosil boʻlgan) va kos (anorganik) moddalarga boʻlinadi (q.qarang [[Biosfe]]ra]]).
 
Ge[[ografik qobiq (landshaft qobigʻi]]) qiyosan qalin boʻlmasa ham, Ye.ning oʻziga xos xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Bu sferada 3 geosfera atmosferaning qismlari, gidrosfera va Ye. poʻsti bir-biri bilan tutashadi va oʻzaro munosabatda boʻladi. Landshaft sferasi Quyosh nuri energiyasining asosiy qismini yutadi va b. kosmik taʼsirlarni qabul qiladi. Unda Ye. ichidagi radioaktiv parchalanish va b. jarayonlar taʼsirida paydo boʻladigan tektonik harakatlar roʻy beradi, minerallar qayta kristallanadi va h. k.
 
Turli xil manba (asosan, Quyosh) energiyalari landshaft sferasida issiqlik, molekulyar, kimyoviy, kinetik, potensial, elektr energiyaga aylanadi va natijada bu yerda Quyoshdan keladigan issiklik toʻplanib, tirik organizmlar uchun xilma-xil sharoit yaratiladi (q.qarang [[Geografik qobiq]]).
 
Geologik tarix va yerdagi hayot evolyusiyasi. Yerning geologik tarixi Ye. poʻstining geologik tuzilishi va togʻ jinslari majmuasini oʻrganish asosida aniqlangan. Ye.dagi eng qad. togʻ jinslarining mutlaq yoshi 4,5 mlrd. yildan koʻproq, sayyora shaklidagi Ye.ning yoshi esa qariyb 4,7 mlrd. yilga teng . Ye.ning paydo boʻlishi va dastlabki rivojlanishi uning geologik tarixidan oldinoq kechgan. Ye.ning geologik tarixi bir-biriga teng boʻlmagan 2 bosqichga boʻlinadi: Yer tarixining taxminan 5/6 qismini oʻz ichiga olgan tokembriy (3 mlrd. y.dan ortiq) va soʻnggi 570 mln. yilni oʻz ichiga olgan fanerozoy (q.qarang [[Fanerozoy eoni]]). Tokembriy arxey va proterozoyga boʻlinadi. Fanerozoy esa paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarini oʻz ichiga oladi (q.qarang [[Geoxronologiya]]).
 
E. poʻsti materik qismining tarixi yaxshiroq oʻrganilgan, ana shu qismda qad. (tokembriy) platformalar bundan 1500—1600 mln. yilcha oldin tarkib topgan; bular Yevropadagi Sharqiy Yevropa, Sibir (Rossiya); Xitoy-Koreya, Jan. Xitoy va Hindiston, Afrika, Avstraliya, Jan. Amerika va Shim. Amerika (Kanada), shuningdek, Antarktida platformalaridir. Materiklar Ye. poʻsti tarixi geosinklinal sistemalardan iborat geosinklinal mintaqalarning tarkib topish tarixidan iborat (q.qarang [[Geosin]]klinal]]).
 
Fanerozoy geosinklinal sistemalarining koʻpchiligi tektonik sikllar davomida vujudga kelgan. Tektonik sikllardan har birining boshlanishi va oxiri turli hollarda oʻnlarcha mln. yil farq qilsa ham, bu sikllar materik Ye. poʻsti strukturasi umumiy evolyusiyasining tabiiy bosqichlari hisoblanadi. Bulardan ikkitasi — kaledon va gersin sikli paleozoy erasiga toʻgʻri keladi (bundan 570—248 mln. yil oldin oʻtgan). Mana shu sikllar oxirida tugagan kaledon va gersin bu[[rmalanishi]] eng katta epipaleozoy yosh platformalarining fundamentlarini hosil qilgan. Bundan keyingi tektonik tarix koʻpincha yagona alp sikli deb qaraladi (q.qarang Alp bu[[rmalanishi]]). Birok, bu sikl ham Ye. sharining muayyan qismlari taraqqiyotida mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan bir qancha kichik sikllarga ajraladi (mezozoy sikli, haqiqiy alp sikli, kaynozoy sikli).
 
Butun tektonik sikl davomida vertikal harakatlarning davriy takrorlanib turishi (sikl boshida yerning koʻproq choʻkishi va sikl oxirida koʻproq koʻtarilishi) har safar Ye. yuzasi relyefining oʻzgarishiga, transgressiya va regressiya boʻlib turishiga olib kelgan. Bu davriy harakatlar choʻkindi jinslar tabiatiga, shuningdek, iklimga taʼsir etgan, oqibatda iklim davriy ravishda oʻzgarib turgan. Paleozoyda Braziliya, Jan. Afrika, Hindiston va Avstraliyani vaqti-vaqti bilan muz bosgan. Shim. yarim sharning bir qancha joylarini oxirgi marta antropogenda muz qoplagan.
Qator 181:
Tashqi va ichki kuchlarning oʻzaro taʼsiridan Ye. yuzasining tabiati butun geologik tarix davomida oʻzgarib turgan. Relyef, materik va okeanlarning qiyofasi, iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi bir necha bor oʻzgargan. Organik dunyo taraqqiyoti Ye. taraqqiyotining asosiy bosqichlari bilan chambarchas bogʻliqdir; ana shu bosqichlar orasida nisbatan tinch davom etgan uzok, davrlar bilan birga Ye. poʻsti hamda yuzasidagi tabiiy sharoit qisqa vaqt davomida uzgarib ketgan davrlar ham boʻlgan.
 
Organik dunyoning rivojlanish tarixi. Ye.da hayotning paydo boʻlishi va uning dastlabki taraqqiyot davri toʻgʻrisida turli gipotezalar mavjud. koʻpchilik olimlarning fikriga koʻra, biologik evolyusiyadan oldin suv xavzalarida aminokislotalar, oqsillar va b. organik birikmalar paydo boʻlishi bilan bogʻliq, uzoq davom etgan kimyoviy evolyusiya boʻlib oʻtgan. Dastlabki atmosfera tarkibida kislorod boʻlmagan. Atmosfera, asosan, metan, karbonat angidrid, suv bugʻi va vodoroddan tashkil topgan boʻlib, kislorod birikkan holda boʻlgan. Evolyusiya tufayli dastlabki murakkab organik birikmalardan asta-sekin ibtidoiy organizmlar vujudga kelgan. Ular oqsil va nuklein kislotadan tarkib topgan va irsiy oʻzgarish qobiliyatiga ega boʻlgan (q.qarang [[Mutatsiya]]). Tabiiy tanlanish taʼsirida koʻproq takomillashgan va organik moddalar bilan oziqlangan ibtidoiy organizmlargina yashab qolgan (q.qarang [[Geterotrof organizmlar]]). Keyinroq anorganik moddalardan kimyoviy sintez va fotosintez yoʻli bilan organik moddalarni sintez qila oladigan organizmlar paydo boʻlgan (q.qarang [[Avtotrof organizmlar]]). Fotosintez tufayli hosil boʻladigan erkin kislorod atmosferada toʻplana borgan. [[Avtotrof organizmlar]] kelib chiqishi bilan oʻsimlik va hayvonlar evolyusiyasi uchun keng imkoniyat tugʻilgan.
 
Hayot tarixi togʻ jinslarida saqlanib qolgan hayvon va oʻsimliklarning tosh qotgan qoldiqlari va ular faoliyatining izlariga qarab oʻrganiladi. Pekin bu maʼlumotlar toʻla emas, chunki koʻpgina organizmlar, xususan skeletsiz organizmlar butunlay yoʻqolib ketgan.
Qator 203:
Paleogenning oxiri va neogenning boshida hoz. hayvonlarga oʻxshab ketadigan umurtqasizlar rivojlanishda davom etgan. Amfibiyalar va sudralib yuruvchilar yanada taraqqiy etgan; qushlar kengroq hududlarga tarqalgan. Neogen boshida uch panjali otlar, karkidonlar, mastodontlar, jirafalar, bugʻular, yirtqichlar (qilich tishli yoʻlbarslar, sirtlonlar), Gʻarbiy Yevropada tundra, tayga oʻsimliklari tarkib topgan. Yevropa va Shim. Amerikada oʻtloq oʻsimlikli tekisliklar paydo boʻlgan. Antropogen davrida hoz. flora va fauna rivojlanishda davom etgan. Shim. yarim sharning hayvonot va oʻsimlik dunyosi katta muzliklar bosgan davrda juda ham oʻzgarib ketgan. Oʻziga xos baʼzi hayvonlar (mamont, uzun junli karkidonlar) pay-do boʻlib, yana qirilib ketgan. Odamning paydo boʻlishi bu davrdagi eng muhim voqea edi.
 
Inson va Yer. Maʼlumotlarga qaraganda, eng qad. odamlar bundan 2 mln. yil oldin (baʼzi olimlarning fikricha, 1 mln. yil oldin) paydo boʻlgan. Odamning paydo boʻlgan joyi haqidagi masala hali uzil-kesil hal etilmagan. Baʼzi olimlar odamning dastlabki makoni Afrika boʻlgan deyishsa, boshqalari — Yevrosiyoning jan. hududlari, uchinchilari — Oʻrta dengiz oʻlkalari deb hisoblashadi. Ilk paleolit davridayoq (yana q. [[Tout acpu]]) odam Markaziy va Jan. Yevropa. Afrika va Osiyoning koʻpgina joylarida yashagan; yuqori paleolit davriga kelib jismoniy jihatdan hoz. zamon tipidagi odam (Homo Sapiens — „akdli odam“) shakllandi, shu davrning oʻzidayoq urugʻ jamoalari ham vujudga kelgan boʻlsa kerak (q.qarang [[Antropogenez]], [[Ibtidoiy jamoa tuzumi]]). Yuqori paleolit davrida odamlar yana kengroq yerlarga tarqala boshlagan, jumladan Yevropa va Osiyoning muzdan boʻshagan kattakatta hududlariga oʻrnashgan; Osiyoning shim.-sharqiy chekkalariga yetib, Shim. Amerikaga qam kirib borgan. Jan. Osiyodan Avstraliya va Yangi Gvineyaga odam oʻta boshlagan. Mezolit davrida Shotlandiya va Skandinaviya, Boltik, dengizi sohillari, Shim. Muz okeani sohillarining bir qismiga odam joylashgan. Neolit davrida Yaponiya orollari va Okeaniyaga oʻrnashgan.
 
Ijtimoiy i. ch. jarayonida odam tevarak-atrofdagi muhitga taʼsir etadi, uni oʻzgartiradi. Kishining tabiatga taʼsir etish shakllari turlicha. Bu taʼsir natijasida suv resurslari qayta taqsimlanadi, mahalliy iqlim oʻzgaradi, re-lyefning baʼzi xususiyatlari boshqa qiyofaga kiradi. Inson taʼsirida geografik landshaft komponentlaridan birining oʻzgarishi boshqa komponentlarning ham oʻzgarishiga olib keladi. Tabiiy sharoit xoʻjalik faoliyati yoʻnalishiga va madaniyatning koʻpgina unsurlariga (uyjoy, kiyim-kechak, oziq-ovqat va b.) katta taʼsir koʻrsatadi, lekin bu taʼsir hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmaydi. Tabiatdan oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va vaqshiylarcha, ayovsiz foydalanish yoʻllari bor. Birinchi usulda tabiiy boyliklar muhofaza qilinadi, maqsadga muvofiq oʻzgartiriladi. Ikkinchi munosabat esa tabiatni qashshoqlashtiradi, fazilatini pasaytiradi.
Qator 211:
Hoz. paytda tabiiy muhitni ifloslanishdan saqlash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi; tabiiy muhit, asosan, korxonalar, elektr st-yalar, avtotransport ajratib chiqaradigan chang, sulfit angidrid, karbon §-oksid, kul va shlak, metall birikmalari, ishlatilgan suvlar, tuproqqa haddan tashqari koʻp beriladigan zaharli dorilardan iflos boʻladi. Muhitning radioaktiv moddalardan zararlanishi ayniqsa xavfli. Tabiatni qoʻriklash va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish masalalari BMT va YUNESKO tomonidan chaqiriladigan xalqaro konferensiyalarda muhokama qilinadi.
 
Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tiklash masalalariga muhim xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan ish deb qaraladi. Respublikada tabiatni qoʻriqlash toʻgʻrisida aholida qonunlar qabul qilingan (q.qarang [[Tabiat boyliklari va tabiatni qoʻriqlash]]).
 
Aholi sonining oʻsishi bilan tabiiy resurslarning kamayib borishi insoniyat oldida turgan eng dolzarb masala hisoblanadi. Milod boshida yer yuzida 200 mln. kishi bor edi. 1000 y.da yer yuzidagi aholi 275 mln., 17-asrda 500 mln. 1950 y.da 2,5 mlrd., 1970 y.da 3,6 mlrd., 2000 y.da 6 mlrd.ga yetdi. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida aholi soni ayniqsa tez oʻsmoqda. Bu esa oʻsha mamlakatlar oldiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalasini qoʻymoqda. Aholini oziq-ovqat bilan toʻla taʼminlash uchun ekin maydonlarini kengaytirish, ayniqsa, hosildorlikni tobora oshirib borish, chorvachilik mahsulotlarini koʻpaytirish zarur. Dengiz va okean resurslari ham oziq-ovqat manbai boʻlishi mumkin. Shuning uchun suvlarni toza saqlash insoniyatni suv bilan taʼminlash masalasi qoz. dolzarb masalalardan biri hisoblanadi (q.qarang [[Suv resurslari]]).
 
== Adabiyot ==