Tilshunoslik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 4:
'''Tilshunoslik''', lingvistika — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va shu kabiga koʻra, T.ning bir necha yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy T. — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgixususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha, xususiy T. — ayrim bir til belgixususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy T. — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yoʻnalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, kiyo’siytarixiy tilshunoslik va boshqa Paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika kabi sohalar soʻzlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini oʻrganadi.
 
Mazkur yoʻnalishlardan tashqari T.ning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni oʻrganuvchi koʻplab tarmoq va boʻlimlari bor: semasiologiya til birliklari maʼnolarini oʻrganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lugʻaviy materialini tadqiq etadi. Soʻz yasalishining tadqiqot obʼyekti soʻzlarning yasalish usullari va ushbu usullarning mahsuldorligi boʻlsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) soʻz oʻzgarishlarini va soʻzlarning gaplar va soʻz birikmalari sifatida birikishi qonuniyatlarini oʻrganadi. T. ning har bir boʻlimida yanada kichikroq (maydaroq) maxsus boʻlimchalar boʻlishi mumkin. Mac, leksikologiya doirasida onomastika boʻlimchasi boʻlib, u, oʻz navbatida, antroponimika, toponimika va boshqalarga boʻlinadi. Muayyan tilning hududiy farklanishi (differensiatsiyasi)ni dialektologiya oʻrganadi. Mazkur boʻlimlarning har birida tilning hozirgi ahvoli va uning tarixiy taraqqiyoti tadqiq etiladi (q.qarang [[Diaxroniya]], [[Sinxroniya]]). Jahon tillari, ularning oilalari va guruxlarini oʻrganuvchi T. tarmoklari: arabistika (arabhunoslik), germanshunoslik, turkiyshunoslik, slavyanshunoslik, finugorshunoslik va boshqa Tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi, yordamchi xalkaro tillarni yaratish nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish muammolarini interlingvistika va tarjima nazariyasi oʻrganadi.
 
T. fan sifatida ona tili va xorijiy tillarni oʻrganishda, terminologiyani ishlab chiqish va takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy sharhlashda, mashina tarjimasida muhim ahamiyatga ega; mavjud va xayoliy narsalar (moddiylik va gʻoyaviylik)ning oʻzaro aloqadorligi muammolarini hal qilish, ijtimoiy ongni va ijtimoiy mavjudot boʻlmish insonning oʻzini toʻgʻri tushunish uchun nazariy xulosalar chiqarishga imkon berdi. Til va tafakkurning , lisoniy va mantiqiy birlik (kattalik)larning oʻzaro aloqasi muammosi T. va falsafa tomonidan baravar, bir vaqtning oʻzida oʻrganiladi. Asosiy lingvistik metodlar sifatida tavsifiy (qiyosiy, konfrontativ, kontrastiv, tipologik), tarixiy (qiyosiytarixiy, komparativ) va normativstilistik (meʼyoriyuslubiy) metodlarni koʻrsatish mumkin. T.da yana maxsus tadqiqot usullari — lisoniy hodisalarni kuzatish, lisoniy eksperiment, lingvistik modellashtirish, lingvistik talqin usullari ham mavjud. T. falsafa va filol. fanlari tutashgan chegarada paydo boʻlgan.
Qator 20:
Struktural oqimlar bilan bir katorda boshqacha yoʻnalishlar va qarashlar rivojlana boshladi: psixologik yoʻnalish (nemis olimlari X. Shteyntal va V. Vundt asarlari; rus olimi V. V. Potebilanya ham ushbu yoʻnalishga qoʻshiladi), neyrolingvistika va boshqa Materialistik dunyoqarashning keng yoyilishi bilan eksperimental fonetika va lingvistik geografiya xam rivojlana boshladi. Keyinchalik T.da yangi yoʻnalish va boʻlimlar: psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika, semiotik lingvistika, transformatsiyey lingvistika, matn lingvistikasi va boshqa paydo boʻladi. Hozirgi xorijiy T.da materialistik nazariyalar bilan bir qatorda idealistik tamoyillarga asoslangan nazariyalar ham (mas., lisoniy nisbiylik nazariyasi yoki yangi gumboldtchilik) mavjud.
 
Oʻzbek T. tarixi Mahmud Koshgʻariy va Zamaxshariylarning izlanishlaridan boshlanib, uzok, tarixiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. 15-asrdan 20-asr 20-yillarigacha oʻzbek tilini oʻrganishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor berildi (q.qarang [[Leksikografiya]], [[Lugʻat]]), koʻplab ikki tilli (oʻzbekchaforscha, oʻzbekchaturkcha, oʻzbekcharuscha va aksincha tartibda) lugʻatlar tuzildi — T.ning leksikologiya va leksikofafiya boʻlimlari rivojlandi. Oʻzbek tilini hozirgi maʼnoda oʻrganish 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. Shoʻro davrida olib borilgan til siyosati, rus tilining jamiyatdagi mavqeini haddan ziyod oshirib koʻrsatish oqibatida tilni, til hodisalarini oʻrganish, tavsif va tadqiq etishda (ayniqsa, oʻzbek tili grammatikasini oʻrganishda) muayyan kamchilik va nuqsonlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsada, oʻzbek T. rivojlanib, maʼlum yutuklarga erishdi. Oʻzbek T. rivojiga Fitrat, K Ramazon, Otajon Hoshim, S. Ibrohimov, Olim Usmon, 3. Maʼrufov, Faxri Kamol, A. Gʻulomov, F. Abdullayev, Sh. Shoabduragʻmonov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov, M. Asqarova, X. Doniyorov, Sh. Shukurov, Sh. Rahmatullayev, M. Mirtojiyev, E. Begmatov kabi olimlarimiz, rus tilshunoslaridan Ye. D. Polivanov, A. K. Borovkov, K. K. Yudaxin, A. N. Kononov, A. M. Shcherbak, V. V. Reshetov va boshqa katta xissa qoʻshdilar. Oʻzbekistonda T. muammolari Oʻzbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Tip va adabiyot institutoʻ, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarining tilni oʻrgatish bilan bogʻliq kafedralari tomonidan oʻrganiladi, maxsus "Oʻzbek tili va adabiyoti" jurnali nashr etiladi. == Adabiyot ==
* Obsheye yazikoznaniye. Formoʻ sushestvovaniya, funksii, istoriya yazika, M., 1970; Obsheye yazikoznaniye. Vnutrennyaya struktura yazika, M., 1972; Obsheye yazikoznaniye. Metodi lingvisticheskix issledovaniy, M., 1973; Berezin F. M ., Istoriya lingvisticheskix ucheniy, 2izd., M., 1984; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998; Nurmonov A., Oʻzbek tilshunosligi tarixi, T., 2002.