Vakuum: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Vakuum''' (lot. vacuum — boʻshliq) — gazning atmosfera bosimidan past bosimdagi holati. V. tushunchasi maʼlum hajmdagi gazga, shuningdek kosmik fazoga tatbiq qilinadi. V. bosim birligi bilan oʻlchanadi. Gazning V.dagi xususiyati gaz toʻldirilgan idish oʻlchami bilan gaz molekulalarining erkin oʻtish yoʻli (molekulaning bir toʻqnashishidan ikkinchi toʻqnashishigacha bosib oʻtgan yoʻlning oʻrtacha uzunligi) orasidagi munosabatga bogʻliq. Gazning siyraklashganlik darajasiga qarab oʻta yuqori, yuqori, oʻrta (forvakuum) va past V.ga boʻlinadi. Oʻta yuqori V.ga 10 mk Pa dan past, yuqori V.ga 0,1 dan 10 mk Pa gacha, oʻrta V.ga 100 dan 0,1 Pa gacha, past V.ga 100 Pa dan yuqori bosim sohasi toʻgʻri keladi. Yuqori V.dagi atmosfera bosimidagi gazlarga nisbatan butunlay boshqa xossalarga ega boʻladi. Yuqori V.da gaz molekulalari idishning issiq va sovuq devorlari bilan toʻqnashishi natijasida issiklik oʻtkazish jarayoni roʻy beradi. Issiqlik oʻtkazish tezligi gaz bosimiga, temperaturalar farqiga va devorlar orasidagi masofaga bogʻliq emas. V.li idishlarning teshiklaridan oʻtayotgan gaz miqdori bosim (tashki bosim bilan idish ichidagi bosim) farqiga bogʻliq, oʻrtacha bosimga bogʻliq emas. Yuqori V.da molekulalar toʻqnashmaydi, shu sababli, yuqori V.li idishda molekulalar dastasini hosil qilish mumkin. Yuqori V.li idishga zaryadli zarralar kiritilganda idish orqali elektr toki oʻtadi. Mas., tok oʻtishga qattiq jismlardagi termoelektron emissiya, avtoelektron emissiya, fotoeffekt va boshqa hodisalar tufayli zaryadli zarralar chiqishi sabab boʻladi. Past, oʻrta va yuqori V. hosil qilish uchun forvakuum mexanik nasoslar, yuqori V. nasoslari va oʻta yuqori V. nasoslari ish-latiladi. Oʻta yuqori V. (magnitli) elektr zaryad nasoslar, gitterion nasoslar, adsorbsion nasoslar yordamida olinadi. V. manometr va vakuummetrlar bilan oʻlchanadi. Elektr vakuum asboblar (mas. radiolampalar, elektron-nur trubkalari, rentgen trubkalari, fotoelementlar va h.q.) ishlab chikarishda V.ning muhim ahamiyati bor. V. kimyo sanoati, metallurgiya, kvars shisha i.ch., oziq-ovqat hamda toʻqimachilik sanoati va boshqa sohalarda keng tatbiq qilinadi (q.qarang Vakuum texnikasi).
 
== Adabiyotlar ==