Teri — versiyalar orasidagi farq

qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.da → va boshqalarda, va b. → va boshqa using AWB)
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5))
Odam T.si 3 qavatdan — epidermis (epitelial qavat), oʻrta qavat — xususiy teri qavati (derma) va teri osti yogʻ qavati (kletchatka)dan tarkib topgan (rayem). Epidermisning uzi bazal qavat, tikansimon qavat, donador qavat, yaltiroq va muguz (shox) qavatdan iborat. T.ning ustki muguz qavati juda chuqur joylashgan hujayralardan shakllanadi; unda koʻp nerv tolalari bor. Bu qavat issiqsovuq va tashqi muhitning barcha taʼsirotlariga ancha chidamli, u shikastlanmagan boʻlsa, kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻtkazmaydi. Uning ust qismi bilinarbilinmas qipiqlanib, koʻchib turadi, pust tashlaydi (fiziologik pust tashlash). Xususiy teri qavati, asosan, pishiq biriktiruvchi toʻqima va asosiy moddalardan tashkil topgan boʻlib, unda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, yogʻ va ter bezlari, shuningdek, soch va tirnoq ildizlari joylashgan. Yogʻ bezlari yuzda, bosh, koʻkrak va yelkada koʻp boʻladi; ular oʻzidan tarkibida yogʻ kislota, oqsil, xolesterin va gormonal yogʻsimon moddalar ajratib chiqaradi, bu T. ustini moylab turadi, elastikligini oshiradi, uni terlab shilinishdan saqlaydi. Yogʻ bilan ter qoʻshilib, T. ustida kislotali muhit hosil qiladi va T.da yiringli kasalliklarni vujudga keltiradigan mikroblarni oʻldiradi. Yogʻ bezlarining ishi maʼlum darajada endokrin sistema faoliyatiga ham bogʻliq. T. notoʻgʻri parvarish qilinsa, u yupqalashib, quruqshab qoladi, mayda ajin tushadi, shoʻralaydi, qizil dogʻlar paydo boʻladi. T.dagi qon va limfa tomirlari bir-biri bilan chalkashib toʻr hosil qilib, terining normal oziqlanishini taʼminlaydi. T.da nerv chigali va nerv tomirlari koʻp. Shular yordamida kishi ogʻriqni, issiqsovuqni, turli kimyoviy taʼsirotlarni, shuningdek, bosimni sezadi. Ayniqsa, barmoqlar, burun uchi, kaft va orqadagi oʻrta chiziq sohasi terisi sezgir boʻladi.
 
T. osti yogʻ qavati yogʻ bilan toʻla katakchalardan iborat, ular biriktiruvchi toʻqimadan vujudga keladi. Bu qavatning qalinligi badanning turli yerida turlicha, mas., koʻz qovoqlarida butunlay boʻlmaydi, lunj, qorin va dumbada qalin boʻladi. T. osti yogʻ qavati nerv va qon tomirlariga boy. T. rangi, asosan, melanin pigmentiga, qon tomirlarining toʻlishiga va epidermis qalinligiga bogʻliq. Turli omillar, mas., quyosh nuri taʼsirida va ayrim kasalliklarda (q.qarang [[Pes]]) T. pigmentatsiyasi oʻzgarishi yoki pigment butunlay boʻlmasligi ham mumkin.
 
T. organizm bilan tashqi muxit oʻrtasida toʻsiq vazifasini oʻtaydi. Organizmni tashqi muhitning noxush omillaridan (kimyoviy, fizik va biologik) himoya qiladi. Muguz qavatning zichligi, ustidagi yogʻ biriktiruvchi toʻqimalarning choʻziluvchanligi, T. osti yogʻ qavatining qalin boʻlishi organizmni turli mexanik taʼsirotlardan, shuningdek, uncha kuchli boʻlmagan ishqrr va kislotalar taʼsiridan saklaydi. Bu kavat elektr tokini yomon oʻtkazadi. T.dagi kislotali muhit mikroblar kirishiga toʻsqinlik qiladi; mabodo shikastlangan teri orkali mikrob kirib qolgudek boʻlsa, unga karshi taʼsir koʻrsatadigan moddalar taʼsiriga uchraydi va shu joyga leykotsitlar yetib kelib, qarshilik koʻrsatadi, shu soha T.sida yalligʻlanish alomatlari paydo boʻladi. T. suv, tuz, oqsil, yogʻ, vitaminlar va gaz almashinuvida ishtirok etadi. Gavda trasini saklashda T. juda katta ahamiyatga ega.
6 807

ta tahrir