Alloh — versiyalar orasidagi farq

4 bayt qoʻshildi ,  2 yil oldin
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5))
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Alloh''' ([[arab]], "al-iloh" — ilohiy kuch, xudo), Olloh — islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; xudoning nomi. Keyingi yillardagi ada-biyotlarda mahalliy talaffuzga moslab Olloh shaklida ham qo‘llanib kelingan. Odatda A.ga taolo (ulug‘, oliy) sifati qo‘shib aytiladi.Shim. [[Arabiston]]da istiqomat qilgan samud qabilasining ibodatgohidan topilgan [[Milodiy yil|mil]]. 2—3-asrlarga tegishli yozuvda aytilishicha, o‘sha paytda ularning bosh xudosi — A. bo‘lgan. Boshqa shim. arab (safoviy) yozuvida "hollo" so‘zi uchraydi-ki, bu yerda "ho" hozirgi zamon arab adabiy tilidagi aniqlik artikli "al" ning o‘rnini bosadi. A. islom yoyilishi arafasida ba’zi arablarning , xususan, Mak-ka axlining xudolaridan biri bo‘lgan, degan fikr ham bor. Dastlab A. so‘zi ma’-no jihatidan "Iloh" (xudo) va "rabb" (tarbiyachi,parvardigor, ega) so‘zlaridan farq qilmagan. Bunga Muhammad (sav)ning otalari Abdulloh ismida bo‘lganlari dalildir. Qad. rimliklarda [[Yupiter]], yunonlarda [[Zevs]], [[yahudiy]]larda [[Yaxve]], [[slavyan]]larda Perun, [[turk]]iy [[til]]li [[xalq]]larda esa Tangri bosh xudo hisoblangan. Binobarin yakka xudoga e’tiqod qilish (q.qarang Tavhid) islomdan ancha ilgari boshlan-gan. Bevosita islom yoyilishi arafasi-da o‘zlarini Ibrohim (as)ga mansub deb bilgan haniflar arab qabilalarini o‘z sanamlaridan voz kechishga va yagona A. (Iloh)ga e’tiqod qilishga da’vat etgan-lar. Ko‘pxudolikni rad etib, aynan shu Ibrohim(as) va boshqa ulug‘ ajdodlarning yak-kaxudolik diniga qaytishni arablar ora-sida astoydil targ‘ib qilishga kirishish Muhammad payg‘ambar(sav)ga birinchi bor vahiy kelgan yil — 610 yildan bosh-langan.Islom diniga binoan A.— yakkayu yagona xudo, olamning yaratuvchisi va qiyomat kunining egasi. U Muhammad payg‘ambar(sav)ni insoniyatga o‘zining so‘nggi elchisi sifatida yuborgan. Is-lomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodat "Lo iloha illalohu Muhammadun rasululloh" ("A.dan boshqa iloh yo‘q, Muhammad — A.ning payg‘ambari"), deb uqtiradi. Islomga ko‘ra, Qur’on Muhammad (sav)ga nozil qilingan A.ning so‘zidir. Qur’oni ka-rimda A.ning yagonaligi va buyukligi juda ko‘p bor ta’kidlanadi. Shuningdek Qur’onda doimo A.ning mukammalligi, qodirligi va ulug‘ligi haqida gapirila-di. A. "alim", ya’ni biluvchidir, u bo‘lib utgan ishlarni, endi bo‘ladigan ishlar-ni, xoh katta, xoh kichik, barchasini bi-ladi; A. "murid", ya’ni xohlaguvchidir — dunyodagi ishlarning har biri A. ta-oloning irodasi va xohishi ila bo‘ladi, u xohlagan ish bo‘lmay qolmas va xox-lamagan ish aslo bo‘lmas; A. "qadir", ya’ni har ishga qudrati yetuvchidir; A. "basir", ya’ni ko‘ruvchi — yer va osmon-dagi, qorong‘u va yorug‘dagi, katta va ki-chik narsalarning barchasini ko‘radi; A. "sami’", ya’ni eshituvchi — qattiq bo‘lsin, sekin bo‘lsin har qanday ovoz-larni eshitadi; A. "mutakallim", ya’ni so‘zlaguvchi — Qur’oni karimdagi barcha oyatlar, shuningdek Tavrot, Injil, Za-bur kitoblari A. taoloning so‘zidir; A. "mukavvin", ya’ni bo‘ldirguvchi — dunyo-dagi barcha narsalar uning bo‘ldirmog‘i ila bo‘lgandir; A. "rabbun", ya’ni tar-biya qiluvchi — barcha jonli va jonsiz narsalarni tarbiya qiladi; A. taolo "odil", ya’ni to‘g‘rilik qiluvchi — har bir hukmni va har bir ishni to‘g‘rilik ila qiladi, hech kimga jabr va zulm qilmaydi. U rahmdil, mehribon va ke-chirimli. Odamlar butunlay unga itoat etishlari (islomga kirishlari), xudodan qo‘rqib vijdonli bo‘lishlari, barcha nar-sada A.ga va uning irodasiga ishonishla-ri lozim. A. o‘zi xohlagan paytda yerdagi barcha narsani barbod etadi, o‘liklarni tiriltiradi va ularni o‘z huzuriga hukm qilish uchun yig‘adi; u yerda har kishining qilgan amaliga ko‘ra jahannam (do‘zax) azobiga duchor qiladi yoki jannat bilan mu-kofotlaydi.A. haqidagi ta’limot musulmon dini va ilohiyot fanining asosi bo‘lib qoldi. A. tabiatining turli qirralari hadislarda, tafsir va ilohiyotga oid maxsus asarlarda tilga olinib, tushun-tirildi. Shunga ko‘ra, Uning sifatlari inson sifatlaridan tubdan farq qiladi. Ba’zi ulamolar fikricha, A. taoloning zoti va sifatlari to‘g‘risida chuqur baxs yuritish shar’an man etiladi. A. biror narsaga o‘xshatilmaydi va biror narsa ham A.ga o‘xshatilmaydi.A.ning ilohiy sifatlari Qur’oni karimda tilga olingan 99 ismida yaqqol ko‘rinadi ( q. [[Al-asmo al-husno)]].A. bilan odamlarning o‘zaro munosa-batlari muammosi islomdagi ikki oqim — sunniylik va shialik o‘rtasidagi farqlanishning asosini tashkil etadi. 356Sunniylar Muhammad (sav) vafotidan so‘ng A. bilan odamlar o‘rtasidagi bevosita aloqa to‘xtab qolgan deb hisoblaydilar. Shialar esa bu aloqa imomlar orqali da-vom etmoqda, deb biladilar.Hamidulla Karomatov, Abdulaziz Mansur.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
6 807

ta tahrir