Kristallofizika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (4) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Kristallofizika''', fizik kristallografiya — kristallografiya boʻlimi; kristallar va kristall agregatlarining fizik xossalarini, shuningdek, bu xossalarning tashqi taʼsirlar natijasida oʻzgarishini oʻrganadi. Bu xossalarga kristallar deformatsiyasi, mustahkamligi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, sirt energiyasi, adsorbsiyasi, spektroskopiyasi, lyuminessensiyasi va magnit, shuningdek, oʻta oʻtkazuvchanlik, ferromagnetizm, segnetoelektr, piroelektr, pyezooptik, pyezoelektr va boshqa xossalari kiradi. Kristallarning fizik xossalari har xil optik yoʻnalishlarda birdek boʻlmaydi. Ularni simmetrik yoʻnalishlarda ekvivalent xossalarga ega boʻlgan bir jinsli va anizotrop muhit deb qarash mumkin (q.qarang [[Anizotropiya]]).
 
K.da anizotrop muhitning xossalarini miqdoriy ifodalashda matematik apparat — tenzor analizdan va guruhlar nazariyasidan foydalaniladi. Mas, ikki vektor kattalik (muhitning qutblanishi R va elektr maydon kuchlanganligi YE; tok zichligi j va elektr maydon kuchlanganligi £) yoki ikki psevdovektor kattalik (mas, magnit induksiyasi V va magnit maydon kuchlanganligi N)lar orasidagi oʻzaro bogʻliklikni tavsiflovchi anizotrop muhitning fizik xossalari (mas, dielektrik qabulchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnit kabul-chanligi, tenzorlari) ikkinchi tartib (rang) li qutb bilan aniqlanadi. Yuqori tartibli tenzorlar bilan anizotrop muhitning fizik xossalari, mas, pyezoelektr effekt, elektrostriksiya, magnitostriksiya, elastiklik va boshqa shunga oʻxshash xossalari aniqlanadi.