Konstitutsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
Davlat faoliyatining turli sohalarida K.ga rioya qilinishini nazorat etish Oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi. "K." atamasi Qad. Rimdayoq bor edi (imperator K.si deb atalgan qonun). Amir Temur "Tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Oʻrta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir oʻtkazgan. Yevropadagi tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda boʻlgan K.larning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh — hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski K.lar. Bu xildagi K.larga 1787 yilgi AQSH Konstitutsiyasi, 1831 yilgi Belgiya K.si, 1874 yilgi Shveysariya K.si misol boʻla oladi. 2-guruhga 20-asrning 2-yarmida qabul qilingan "yangi avlod" K.lari kiradi. Ular dastlabki K.lardan xuquq va erkinliklar institutining , K.ning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy muammolarga murojaat kilish mexanizmlarining kengayishi natijasida konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining koʻpayishi bilan farq qiladi.
 
Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan OʻzR Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dek.da qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi (q.qarang [[Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi]]).
 
Mihail GGwM Aleksandrov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>