Chuy (viloyat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 27:
Foydali qazilmalardan polimetall rudalari, rangli metallar, nometallardan osh tuzi, gips, marmar, siyenit, granit, mergel, ‘ shagʻal, slanets va boshqa bor. Gaz, neft resurslari oʻrganilgan. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, ayrim yillari qishda qattiq sovuq boʻladi. Bahori qisqa, mart oxiridan havo isiy boshlaydi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 22°—25°. Eng yuqori temperatura 44°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7°. Eng past temperatura —40°. Qor 75—90 kungacha erimay turishi mumkin. Yiliga vodiyda 270—400 mm, togʻ yon bagʻirlarida 500—600 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 220—230 kun. Daryolari Chu daryosi havzasiga mansub. Eng katta daryosi — Chu. Uning oʻng irmoklari — Katta va Kichik Kebin daryolari, chap irmoklari — Jeraliq, Toldibuloq, Shamish, Burana va boshqa Issiq va mineral buloqlar bor. Sunʼiy koʻl koʻp. Sharqiy, Fapbiy, Jan. Katta Chu sugʻorish kanallari va Oʻrtatoʻqay suv ombori qurilgan. Chu, Kebin vodiylarining tekislik qismida boʻz tuproq, ayrim joylarda nam va shoʻr tuproq; och tusli qoʻngʻir tuproklar ham uchraydi. Tog etaklarida och tusli va qora qoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Tabiiy oʻsimliklardan shuvoqefemerli chala choʻl oʻsimliklari, shuvoqgʻalladoshlar, chalov shuvoqli oʻtlar, qamish va butasimonlar uchraydi. Tog etaklari, asosan, chalov va qoraqiyoq oʻsimliklarga boy. Tog yon bagʻirlarida oʻtloklar, baland qismida butazor va oʻrmonlar mavjud. Qirgʻiz Olatovidagi daralarda, Katta Kebin vodiysida qaragʻay, qayin, archa, chetan daraxti va boshqa usadi. 3600 m dan yuqorida glyatsialnival mintaqa joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan togʻ takasi, kiyik, arxar, silovsin, tulki, boʻri, qunduz, sugʻur va boshqa, suvlarda har xil baliklar, goz, oʻrdak, ondatralar bor. Olaarcha daryosi darasida milliy bogʻ tashkil etilgan. Toʻqmoqda qirgʻovullarni koʻpaytirib tarqatish xoʻjaligi, Oqsuv davlat kompleks qoʻriqxonasi, Jarli Qayindi, Kebin davlat zoologiya qoʻriqxonlari mavjud.
 
Viloyatda rangli metallurgiya, yogʻochsozlik va mebelsozlik, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil, oziqovqat sanoatlari bor. "Goldstar" radiozavodi, "Torgmash", taʼmirlashmexanika, Chu metall buyumlari ishlab chiqarish, Qayindi kabel zdlari, "Qirgʻizmebel" ishlab chiqarish birlashmasi, Toʻqmoq ipyigiruv fabrikasi, Qirgʻiz kamvolmovut kti, yirik panelli uysozlik zdi, kigiz, moʻyna fabrikalari, oziq-ovqat sanoati (konserva, yogʻpishloq, shakarqand, araqlikyor, tamaki, pivo zdlari, goʻsht, un va boshqalar) korxonalari ishlab turibdi. Chu viloyatida dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dehqonchilikning asosini gʻallachilik tashkil etadi. Qand lavlagi, mavrak, yalpiz, sabzavot, kartoshka, poliz, ozuqa ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik taraqqiy etgan. Qoramol, choʻchqa, parranda, shuningdek, yilqi, quyon, tulki, nutriya boqiladi. Viloyat hududidan Lugovaya — Bishkek — Kebin — Baliqchi temir yoʻl oʻtgan (Chu viloyati dagiviloyatidagi uz. 186&nbsp;km). Vodiydan Talas, Oʻsh, Toshkent, Olmaota, Baliqchi, Noringa magistral avtomobil yoʻllari ketgan. Bishkek shahri yaqinidagi "Manas" aeroporti vodiyni Olmaota, Ostona, Toshkent, Moskva, Istanbul, Dehli, Qorakoʻl, Oʻsh, Norin, Jalolobod va boshqa shaharlar bilan bogʻlaydi. 300 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, oliy oʻquv yurtlari, muzey, teatr, madaniyat saroylari bor.<ref>"Chu viloyati" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20Ch%20harfi.pdf Ch-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==