Ozarbayjonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 69:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ozarbayjonlar''' (oʻzlarini — ozar-bayjonlilar, ozarilar deb atashadi) — xalq, Ozarbayjonning asosiy aholisi (8,172,800 kishi). Shuningdek, Eron (18,430 mln. kishi). Rossiya Federatsiyasi (621,800 — 1,500,000 kishi), Gruziya (307 ming kishi), Qozogʻiston (90 ming kishi), Armaniston va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Umumiy soni 17,2 mln. kishi (1990 yillar oʻrtalari). Ozarbayjon tilitsa soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, shia musulmonlar. Ozarbayjonlar katta yevropeoid irqining jan. irqiga mansub. Ozarbayjonlar etnogenezida qad. Mana (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1- yarmi), Kavkaz Albaniyasi (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmi — milodiy 10-asr), Midiya, Atropatena (miloddan avvalgi 4-asr — milodiy 7- a.) davlatlari aholisi qat-nashgan. 7-asrda arablar istilosidan soʻng Aderbeygon yoki Ozarbayjon nomini olgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik — milodiy 1-ming yillik mobaynida kelgindi eroniy va turkiyzabon qabilalar (skiflar, gunnlar, bulgʻorlar, bija-naklar va boshqalar) mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar. Ozarbayjon etnik birligining shakllanishi, asosan, 11—13-asrlarda Ozarbayjonga yangi tur-kiy (oʻgʻuz) qabilalarining kirib kelishi natijasida yakunlangan. Ozarbayjonlarning bir qismi sanoatda (ayniqsa, neft, gaz, asbobsozlik va boshqalar) va qishloq xoʻjaligida band. Qishloq aholisining anʼanaviy mash-gʻuloti — dehqonchilik, paxtachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, ipakchilik.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20O%20harfi.pdf O-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->