Rubl: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Rubl''' — [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] pul birligi. 1992 yildan muomalaga kiritilgan. IP. = 100 kopeyka. Xalqaro ifodasi RUR. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 34,04 Rubl (2004, 20 yanvar).
 
Rubl 1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar Rossiya imperiyasi, 1919—91 yillarda sobiq SSSR (shu jumladan, 1924—91 yillarda Oʻzbekiston)da amalda boʻlgan. "Rubl" atamasi 13-asrda Novgorodsa grivna [uz. 20 sm, ogʻirligi 200 g ga yaqin boʻlgan kumush quymasining kesilgan (ruscha "rublenniy")] yarim boʻlagi nomi tarzida paydo boʻldi. 1704 y. dan boshlab muntazam holda vazni 28 g boʻlgan kumush Rubllar zarb qilina boshlandi, shuningdek, mis va oltin Rubllar ham zarb qilinishi davom etdi. 1843 yildan esa Rubl davlat xazinasining qogʻoz biletlari koʻrinishida chiqarila boshlandi. 1897 yilga kelib oltin Rubl asosiy pul birligiga aylandi va 1914 yilgacha muomalada boʻldi.