Angren: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 53:
| Commons turkumi =
}}
'''Angren''' ([[fors tili|fors.]] Ohangaron, "temirchilar" atamasining ruscha buzilgan shakli) — Toshkent viloyatidagi shahar (1941 — 46 yillarda shaharcha). Jiga-riston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‘yxona qishloqlari o‘rnida bunyod etilgan. Ohangaron daryosi bo‘yida. Toshkentdan 120&nbsp;km jan.-sharqda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 130,0 mingdan ziyod kishi (2000). Ohangaron vodiysining tog‘li qismida. A.ni shim.-g‘arbdan Chatqol tizmasi, jan.-sharqdan Qurama tog‘ tizmalari o‘rab tu-radi. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 27°, qishi ancha sovuq, yanvarning o‘rtacha temperaturasi — 2°. Bahorda jala yog‘ib, qattiq shamollar bo‘lib turadi. Shamolning tezligi 3 – 6 m/sek, ba’zan 15 m/sek ga yetadi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Ohangaron vodiysida o‘rta a.larda aholi ancha zich yashagan va temirchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. 1934 yildan Ohangaron vodiysida geologik qidiruv ishlari boshlandi. 1940 y. A.da dastlabki ko‘mir shaxtasi barpo qilinib, 1942 y. ishga tushirildi. A. qurilishida ayrim xato-larga yo‘l qo‘yildi: chunonchi shaharning asosiy qismi kumir qatlamlari usti-ga qurilib qolgan bo‘lib, keyinchalik 485shaharni boshqa joyga ko‘chirishga to‘g‘ri keddi. 1956 y. martida yangi loyiha tas-diklanib, yangi shahar eskisi o‘rnidan 7 – 8&nbsp;km jan.-g‘arbda, Dukantsoy bilan Qorabovsoy va Toshkent — Qo‘qon yo‘li yoqasida ko‘mirdan xoli bo‘lgan joyda qad ko‘tardi.A. O‘rta Osiyoda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘mir va energetika sanoati mar-kazi. Urush yillarida O‘zbekistonning ko‘pgina sanoat korxonalari A. ko‘miri bilan ta’minlanib turdi. A.da oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari ham bor. A.ning eng yirik sanoat kor-xonasi "O‘zbekko‘mir" k-tidir. A.da chiqariladigan ko‘mirning 2/3 qismidan ko‘prog‘i ochiq usulda qazib olinadi. A.da ko‘mirning bir qismi "Yerostigaz" st-yasida yer qa’rida gazga aylantirilib An-gren GRES va Yangi Angren GRESlarini gaz bilan ta’minlab turadi. Kon uskunala-rini tuzatish, sement, temir-beton bu-yumlari va yig‘ma temir-beton, tajriba-mexanika, avtomobil ta’mirlash, "An-gren rangli metallar", non, sut zavodlari, "Sanoatkartonsavdo" hissadorlik ja-miyati, "Angrenkulol" hissadorlik ja-miyati, "O‘zbekrezinatexnika" i.ch. bir-lashmasi, oltin boyitish f-kasi, "Ka-olin" (kaolin boyitish f-kasi) O‘zbek-Germaniya qo‘shma korxonasi, 2 yirik avtokorxona, Oblik, noruda materiallar kareri, uysozlik k-ti ishlab turibdi. 1941 y. Toshkent bilan A. o‘rtasida 114&nbsp;km li temir yoʻl o‘tkazildi. Toshkent — Angren — Ko‘qon — Namangan — Andijon — O‘sh avtomobil yo‘li o‘tadi.A.da ped. instituti, texnika kolleji, tex-nika, ped., tibbiyot bilim yurtlari, turk, texnika, ped. litseylari, yosh texniklar st-yasi, 3 musiqa maktabi, sport makta-bi, 5 poliklinika, 6 dispanser, 5 kasal-xona, 3 profilaktoriy, 14 do-rixona, 1 mehmonxona, 35 kutubxona, 4 klub-kinoteatr, o‘lkashunoslik muzeyi, surat-lar galereyasi bor. 1996 y. 3000 kishilik masjid qurildi. Navoiy nomidagi ma-daniyat saroyi, shahar sport kompleksi, yopiq suzish havzasi, bokschilar saroyi, shaxmat klubi ishlab turibdi. "Angren haqiqati", "Angrenskaya pravda" gaz.lari nashr qilinadi.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20A%20harfi.pdf A-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== AdabiyotlarManbalar ==
{{manbalar}}{{Oʻzbekiston shaharlari}}
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{Oʻzbekiston shaharlari}}
{{OʻzME}}
{{stub}}