Namangan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 67:
 
Shaharda 36 qoʻshma korxona mavjud. Shulardan, Oʻzbekiston—Yaponiya "Silk Road", Oʻzbekiston—Shveysariya "Nestle", Oʻzbekiston — Turkiya "AsnamTekstil" va boshqa qoʻshma korxonalarning hissasi salmoqlidir. "Atlas", "Notoʻqimachi", "Namangangoʻshtsutsanoat", "Namanganekstraktyogʻ", "Namanganmebel", "Namangandonmahsulot", "Mehmash", "Karbonam", korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shaharda 400 dan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari bor. Mustaqillik yillarida shahar butu nlay oʻzgarib ketdi. Ilgarigi tor koʻchalar oʻrnida keng va ravon yoʻllar bunyod etildi. "Boburshoh", "Doʻstlik", "Margʻilon", "Oromgoh", "Uychi" koʻchalari tubdan qayta taʼmirlandi. Namangan azaldan oʻzining hunarmandchiligi bilan nom qozongan. Shaharning turli burchaklarida kichik bozorchalar boʻlib, hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar oʻz mahsulotlarini ana shu bozorchalarda sotishgan. Keyingi 10 yil ichida bu bozorlar oʻrnida "Chorsu", "Doʻstlik", "Taxtakoʻprik", "Shohbekat", "Jahon" singari zamonaviy bozorlar qad koʻtardi. Shahar markazida Amir Temur, Bobur xiyobonlari, "Tinchlik" maydoni, Mashrab nomidagi bogʻ bunyod etildi. Bobur bogʻi hududida "Xotira" maydoni barpo qilindi. Boburshoh koʻchasida akademik litseyning oʻquv binosi va yotoqxonasi, Doʻstlik koʻchasida transport-aloqa kollejining binosi qurib foydalanishga topshirildi. Sanʼat, madaniyat, tibbiyot, sanoat kollejlarining binolari tubdan qayta taʼmirlandi va jihrzlandi. Shahar markazida tez tibbiy yordam koʻrsatish markazi, endokrinologiya, "Ona va bola" markazlari, koʻpgina mahallalarda ambulatoriyalar ishga tushi-rildi. Aksariyat mahallalarda guzarlar qurildi. Shaharda 21 avtotransport va 7 aloqa korxonasi, 48 yirik kurilish korxonalari mavjud. Transport vositalari qatnaydigan koʻchalarining uz. 1010 km. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgai. Aeroport bor. Viloyat tumanlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharga "Oʻzdunrobita", "Kamalak — TV" va "DEU Yunitel" qoʻshma korxonalari xizmat kursatmoqda. Namanganda 38 yirik savdo korxonasi va koʻpgina savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Namangan respublikaning fan va madaniyat markazlaridan biri. Shaharda universitet, 2 institut, 10 kollej, 2 kasb-hunar maktabi, 2 akademik litsey, iktisodiyot litseyi, 51 umumiy taʼlim maktabi, 53 maktabgacha tarbiya muassasasi bor. 2002/2003 oʻquv yilida universitet va institutlarda 11129, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 10630 talaba, kasb-hunar maktablarida 498, litseylarda 1608, umumiy taʼlim maktablarida 76801 oʻquvchi taʼlim oldi. Shaharda 2 teatr, bolalar qoʻgʻirchoq teatri, 27 jamoat kutubxonasi, 5 klub, 4 madaniyat va istirohat bogʻi, 2 madaniyat saroyi, 6 madaniyat uyi, 5 muzey, 2 bolalar musiqa maktabi mavjud (2003). 5 sport maktabi, bir kancha stadion va suzish havzalari, "Paxla
{{Oʻzbekiston shaharlari}}