Namangan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{manba}}
 
{{Bilgiquti aholi punkti
| oʻzbekcha nomi = Namangan
Qator 58 ⟶ 56:
| sayt tili =kz
}}
'''Namangan''' — Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi Aholi soni boʻyicha Fargʻonadan oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik qashshoq shaharlaridan biri. Fargʻona vodiysining shim.da, Shim. Fargʻona kanali bilan Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan. Maydoni 83,3&nbsp;km². Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,3°, yanv.niki —2,3°. Aholisi 395,8 ming kishi (2003).<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20N%20harfi.pdf N-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Fargʻona vodiysining qad. poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620 yildagi qattiq zilzila natijasida vayron boʻlganligi sababli, uning aholisi hozirgi Namangan shahri hududiga koʻchib oʻtgan. Namangan tuz koni ("Namak kon") yaqinida vujudga kelgan boʻlib, shahar nomi oʻrta asrlarga oid tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. Zahiriddin Bobur oʻzining "Boburnoma" (16-asr) asarida Namangan qishlogʻi haqida gapirib oʻtgan. V. P. Nalivkinning ("Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi", Qozon, 1886) yozishicha, Namangan 1643 yilga mansub vaqf hujjatlarida uchraydi. 18-asrda Namangan Qoʻqon xonligiga tobe boʻlgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar aholisiga ham xizmat qiluvchi hunarman-dchilik markazi boʻlgan. Dehqonlar Namangan bozorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan. Shaharda meʼmorlik sezilarli darajada taraqqiy etgan.
Qator 67 ⟶ 65:
 
Shaharda 36 qoʻshma korxona mavjud. Shulardan, Oʻzbekiston—Yaponiya "Silk Road", Oʻzbekiston—Shveysariya "Nestle", Oʻzbekiston — Turkiya "AsnamTekstil" va boshqa qoʻshma korxonalarning hissasi salmoqlidir. "Atlas", "Notoʻqimachi", "Namangangoʻshtsutsanoat", "Namanganekstraktyogʻ", "Namanganmebel", "Namangandonmahsulot", "Mehmash", "Karbonam", korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shaharda 400 dan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari bor. Mustaqillik yillarida shahar butu nlay oʻzgarib ketdi. Ilgarigi tor koʻchalar oʻrnida keng va ravon yoʻllar bunyod etildi. "Boburshoh", "Doʻstlik", "Margʻilon", "Oromgoh", "Uychi" koʻchalari tubdan qayta taʼmirlandi. Namangan azaldan oʻzining hunarmandchiligi bilan nom qozongan. Shaharning turli burchaklarida kichik bozorchalar boʻlib, hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar oʻz mahsulotlarini ana shu bozorchalarda sotishgan. Keyingi 10 yil ichida bu bozorlar oʻrnida "Chorsu", "Doʻstlik", "Taxtakoʻprik", "Shohbekat", "Jahon" singari zamonaviy bozorlar qad koʻtardi. Shahar markazida Amir Temur, Bobur xiyobonlari, "Tinchlik" maydoni, Mashrab nomidagi bogʻ bunyod etildi. Bobur bogʻi hududida "Xotira" maydoni barpo qilindi. Boburshoh koʻchasida akademik litseyning oʻquv binosi va yotoqxonasi, Doʻstlik koʻchasida transport-aloqa kollejining binosi qurib foydalanishga topshirildi. Sanʼat, madaniyat, tibbiyot, sanoat kollejlarining binolari tubdan qayta taʼmirlandi va jihrzlandi. Shahar markazida tez tibbiy yordam koʻrsatish markazi, endokrinologiya, "Ona va bola" markazlari, koʻpgina mahallalarda ambulatoriyalar ishga tushi-rildi. Aksariyat mahallalarda guzarlar qurildi. Shaharda 21 avtotransport va 7 aloqa korxonasi, 48 yirik kurilish korxonalari mavjud. Transport vositalari qatnaydigan koʻchalarining uz. 1010&nbsp;km. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgai. Aeroport bor. Viloyat tumanlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharga "Oʻzdunrobita", "Kamalak — TV" va "DEU Yunitel" qoʻshma korxonalari xizmat kursatmoqda. Namanganda 38 yirik savdo korxonasi va koʻpgina savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Namangan respublikaning fan va madaniyat markazlaridan biri. Shaharda universitet, 2 institut, 10 kollej, 2 kasb-hunar maktabi, 2 akademik litsey, iktisodiyot litseyi, 51 umumiy taʼlim maktabi, 53 maktabgacha tarbiya muassasasi bor. 2002/2003 oʻquv yilida universitet va institutlarda 11129, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 10630 talaba, kasb-hunar maktablarida 498, litseylarda 1608, umumiy taʼlim maktablarida 76801 oʻquvchi taʼlim oldi. Shaharda 2 teatr, bolalar qoʻgʻirchoq teatri, 27 jamoat kutubxonasi, 5 klub, 4 madaniyat va istirohat bogʻi, 2 madaniyat saroyi, 6 madaniyat uyi, 5 muzey, 2 bolalar musiqa maktabi mavjud (2003). 5 sport maktabi, bir kancha stadion va suzish havzalari, "Paxla
 
{{Oʻzbekiston shaharlari}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}{{Oʻzbekiston shaharlari}}