Xiva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 59:
 
== Tarixi ==
[[Image:Khiva Узбекистан panorama2.JPG|thumb|500px|right]][[Image:Khiva Узбекистан panorama.JPG|thumb|500px|right]]
=== Ilk yillari ===
Xiva – Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar [[mil. av. V asr|mil. av. 5-asr]]da barpo etilgan. Uning [[nom]]i shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini [[xorazmiy tili]]ga yaqin boʻlgan qad. [[osetin tili]]dagi "Xiauv" – [[qalʼa]] soʻzidan, boshqalari bu atamani [[antik davr]]dan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq–Xeyvaniq–Xeyvaq–Xeva–Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. [[Xorazm]]lik tarixchisolnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831 yilda yozgan "Dili Gʻaroyib" asarida Xorazmning qad. shaharlarini nommanom sanar ekan, "Bu mamlakatning yana bir qalʼasi – Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir" deydi.