Bobur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{manba}}
 
{{Shaxsiyat
|ismi = Zahiriddin Muhammad Bobur
Qator 15 ⟶ 13:
}}
 
'''Bobur''' (taxallusi; toʻliq ismi '''Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo''') (1483.14.2, [[Andijon]] 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.<ref name=":0">"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20B%20harfi.pdf B-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Hayoti va ijodi ==
Qator 66 ⟶ 64:
Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra 1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida unt, teatr, kutubxona, milliy bogʻ („Bogʻi Bobur“) bor. Bobur milliy bogʻi majmuasitsa „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabrmaqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiyev) va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻldi.
 
Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgʻarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamgʻarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boʻylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar toʻplab, ularni ilmiy isteʼmolga kiritdi. Mazkur maʼlumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (3. Mashrabov, S. Shokarimov: „Asrlarni boʻylagan Bobur“; S. Jalilov: „Boburning Fargʻona davlati“, „Bobur va Andijon“; Qamchibek Kenja: „Hind sorigʻa“; X. Sultonov: „Boburning tushlari“, „Boburiynoma“; R. Shamsuddinov: „Boburiylar izidan“, „Boburiylar sulolasi“; T. Nizom: „Uch soʻz“), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: „Bobur izidan“, „Muqaddas qadamjolar“; T. Roʻziyev: „Bobur salomi“, „Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya“; T. Hamidov: „Iftixor“ va h.k.) yaratildi. Jamgʻarmaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), Oʻsh (Qirgʻiziston), Toshkent, Namangan (Oʻzbekiston) shaharlarida boʻlimlari mavjud. 1998 yil Jamgʻarmaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, Gʻaybulloh asSalom, Neʼmatilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afgʻoniston), Maʼmurjon Toʻxtasinov, Ravshan Mirtojiyev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzayevga berildi.<ref name=":0" />
 
== Nashr qilingan asarlari ==
Qator 79 ⟶ 77:
* [[Boburnoma]], T., 1989; Baburname (2izdaniye, dorabotannoye), T., 1993; Kitobssalot, T., 1993; Kitobzzakot, T., 1993; Kitoblhaj, T., 1993; Devon, T., 1994; Mahrami asror topmadim, T., 1995.
* Abdulahad Muhammadjonov, Abdurashid Abdugafurov, [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* Azimjonova S, Zahiriddin Muhammad Bobur, Maqolalar toʻplami, T., 1995; Axmedov Bobur, Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. (Pismennie pamyatniki), T., 1985; Samoylovich A., Sobraniye stixotvoreniy imperatora Babura, Petrograd, 1917; Stebleva I. V., Semantika gazeley Babura, M., 1982; Yoqubov H., Zahiriddin Muhammad Bobur, T., 1949;Hasanxoja Nisoriy , Muzakkiri ahbob, T., 1993; Hasanov S, Boburning Aruz risolasi, T., 1981; Mashrabov 3Z., Shokarimov S, Asrlarni boʻylagan Bobur, T., 1997; Vohidov R., Biz bilgan va bilmagan Bobur, T., 2000.
 
== Ilmiy adabiyotlar ==