Qarshi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k removed Category:Oʻzbekiston:Shaharlar using HotCat |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 61:
"Qarshi" nomining kelib chiqishi toʻgrisida turli fikr va taxminlar mavjud. V.V. Bartold shaharning nomi moʻgʻul xoni Kepakxon qurdirgan "Qarshi" (qad. turkiychada "saroy" maʼnosini anglatgan) bilan bogliq deb taʼkidlaydi. "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga yoʻllovchi bilim") dostonida "Qarshi" atamasi "saroy" va "qarama-qarshi turish" maʼnosida qoʻllangan. "Boburnoma"da ham bu nom moʻgʻul tilidan olinganligi taʼkidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning "qarshi" — saroy, qasr maʼnolari koʻproq qoʻllanadi. Dastlabki shahar Qashqadaryo vohasida "Naxshab" (suv obod qilgan, suv naqsh bergan manzil) nomi bilan miloddan avvalgi 7-asrda Yerqoʻrgʻon oʻrnida vujudga kelib, uning atrofi qalʼa devori bilan oʻrab olingan (ushbu qalʼa devorlarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan 1999 yilda oʻrganilgan). Shaharning yana bir nomi Novtak — Navtaka — yangi bino deb ham talqin qilinadi. Miloddan avvalgi 6-asrda shahar kengayib, ichki devor bilan oʻralib (hozirgi saqlangan), maydoni 35 ga ni tashkil etgan. Aleksandr Makedoniyalik bosqini davrida shahar vayron qilingan. Shundan keyin uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda shahar tashqi qalʼa devori bilan oʻralgan (maydoni 150 ga boʻlgan). 2—1-asrlarda (hozirgi temir yoʻl stansiyasi hududida) yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan ZahhokiMoron qalʼasi bunyod etildi. Bu qalʼa ham Naxshab nomini olib asta-sekin kengaya bordi (qoldiqlari hozirgi Shulluktepa deb ataladi). Kidariylar oʻz qarorgohini 468 yilda yangi Naxshabga koʻchirdilar. 710 yilda arablar shahar (Naxshab arabcha talaffuzda "Nasaf") va uning atrofidagi hududlarni bosib oldilar. 9—13-asrlarda Naxshab (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. 10-asrda Nasafda oʻsha davr musulmon olamida ilmiy kongress — "majlisi tadris" oʻtkazilgan. Oʻrta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Rossiya va Yevropa davlatlari bilan bogʻlagan muhim karvon yoʻllari oʻtgan, savdohunarmandchilik rivojlangan.
1220-yilda Nasafni Chingizxon qoʻshinlari vayron qildi. Undan keyingi davrda (14-asrda) voha markazi 3marta hozirgi Qarshi shahrining eski shahar qismi oʻrnida qayta tiklandi. Chigʻatoy ulusi xoni Kepakxon (131826) Nasafdan 2 farsax (12– 14 km) uzoqlikda qasr qurdirib, [[Poytaxt|poytaxtni]] Qarshi deb atalgan bu qalʼaga koʻchirgan. Shahar hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, bino qoldiqlari Qarshida 14-asr ning 1-yarmida bir qancha koshinkor imoratlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.14-asr ning 2-yarmida shahar qoʻrgʻoni atrofi gʻisht va paxsa devor bilan oʻralgan, shaharda Odina masjidi qurilgan. Qalʼa atrofida 2,5–3 m chuqurlikda xandaq qazilgan Xandaqustida4taqoʻtarma qoʻprik boʻlgan. Shahar qoʻrgoni hududi 40 ga ni tashkil etgan. 16-asrda shahar yaqinida yirik Namozgoh masjidi (hozirgi meʼmoriy yodgorlik), hammom binolari qadimiy koʻtargan. Ashtarxoniylar davridan Qarshi Buxoro taxti merosxoʻrlari turadigan joyga aylandi. Imomqulixon davrida (1614—15 yillarda) Qashqadaryodan Qarshi choʻliga kanal chiqarilgan. 17—18-asrlarda Qarshi Qashqadaryo vohasidagi birinchi shaharga aylandi. Qarshi 16-asrdan 20-asr boshlarigacha Buxoro xonligi (amirligi)ning Qarshi bekligi nufuzli markazi boʻlgan. Hunarmandchilik rivojlangan, pul zarb qilingan. Mangʻitiylar davrida Qarshida hammom, madrasa, xonaqoh, sardoba va sugʻorish inshootlari bunyod etilgan. Shahar va uning atrofi obodonlashgan. Vengriyalik olim Xerman Vamberi 1863 yilda Qarshida boʻlib, shaharda 10 ta karvonsaroy, katta bozor boʻlganligini yozadi. Aholisining 25 mingga yaqin asosiy qismi oʻzbeklar deb taʼkidlaydi.Paxta tozalash, yogʻekstraksiya, sut, pivo, motor taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, uysozlik, plastmassa buyumlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 sentyabrdagi "Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida"gi qarori va Uzbekiston Resggublikasi Prezidentining 2005 yil 26 iyuldagi "Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga doir qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroridan keyin shaharda keng koʻlamda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
|