Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 59:
|today = {{flag|Litva}}
}}
'''Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi''' , '''Litva SSR''' ({{lang-lt|Lietuvos Tarybų Socialistinė Respublika}}; {{lang-ru|Литовская Советская Социалистическая Республика}}) — [[Sovet Ittifoqi]] tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Litva SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. 1940-yilning 16-iyunida sovet qoʻshinlari Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Litva Respublikasi hududida Litva SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatilgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Litva hududi fashistlar Germaniyasi tomonidan ishgʻol qilingan va Reichskommissariat Ostland tarkibiga kirgan.
 
Aksar davlatlar Litvaning qoʻshib olinganini ''de jure'' tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan ''de facto'' boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Litvaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Litva 1940-91-yillar mobaynida ''de jure'' okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.
 
1989-yilning 18-mayda Litva SSR Moskvadan suverenitet eʼlon qilgan Sovet Ittifoqi taʼsiri doirasidagi birinchi respublika boʻldi. 1990-yilning 11-martda Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi Litva Respublikasi deb qayta nomlandi va mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.
 
{{Sovet Ittifoqi Respublikalari}}