Xorazm viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 170:
 
== Adabiyoti ==
Xorazm adabiyoti zamonlar silsilasida yemirilib, yoʻqotilib, qayta shakllandi. Arablar Xorazmga bostirib kelganda oʻzlariga qaraganda juda ham yuqori madaniyatga duch keldilar. 8-asrga kelib qad. xorazmiy tilining batamom yoʻqotilishi bilan 8-asrdan toki 12–13-asrlargacha fors hamda arab va 12-asrlardan boshlab turkiyoʻzbekturk oʻzbek tillarida ijod qilindi. Abu Mansur Saolibiyning "Yatimat addaxr fi maxosin axlal asr" ("Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi") tazkirasida 10–11-asrlarda Xorazmda yashab, arab tilida ijod etgan yetuk arabnavislar haqida keng maʼlumot beriladi. KariybQariyb 5 asr davomida (8–12-asrlar) arab tilida ijod qilgan koʻpgina Xorazm shoirlari oʻz faoliyati bilan Xuroson va Movarounnahrda shuhrat qozonganlar. 11-asr boshida Xorazmda ilk bor tashkil etilgan Xorazm Maʼmun akademiyasida jahon tarixi, fani va adabiyotiga munosib ulush qoʻshgan Beruniy raisligida Ibn Sino, Abu Nasr Iroq kabi zamonasining yirik fan va madaniyat namoyandalari ijod qiddilarqildilar. Asli balxlik boʻlib, Xorazmda turgʻun yashab Xorazmshoh Otsiz hukmronligi davrida yuqori martabaga ega boʻlgan Rashididdin Vatvot ("Saʼdalmulk" faxriy unvonini olgan) fors va arab tillarida ijod qilib sheʼriyatda murassaʼ, tarseʼ, tajnis va boshqa usullarni qoʻllashda forsiy tilda yozadigan peshqadam shoirlardan biri hisoblanadi. Ahmad Yassaviyning shogirdi Sulaymon Boqirgʻoniy 12asrdayoq12-asrdayoq turkiyda ijod qilgan. Bu davrlarda arab, fors tillari va turkiyda baravariga ijod qilingani oʻsha davr adabiy muhitining naqadar koʻp qirraligini koʻrsatadi. Xorazmdagi adabiy jarayon Chingizxon istilosi va undan keyingi davrda ancha murakkab kechgan boʻlsada, toʻxtab qolmadi. Kubroviylik tariqatining asoschisi, "Shayxi valitarosh" ("Avliyolar yetishtiruvchi shayx") nomi bilan butun Sharqqa mashhur boʻlgan shoir Najmiddin Kubro, "Muhabbatnoma" muallifi Xorazmiy (14-asr), Nasriddin Burxoniddin Rabgʻuziy (13-asr oxiri – 14-asr boshlari), Pshdgavon Mahmud, Haydar Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi (14-asr) kabi buyuk siymolar ijod etgan. Rabgʻuziyning "Qissasi Rabgʻuziy" asari oʻzbek nasrining mukammal namunasi boʻlishi bilan eʼtiborlidir. Xorazm adabiy muhiti, ilmfaniilm fani jahon maʼrifati taraqqiyotiga taʼsiri eʼtirofga loyiq. AzZamaxshariyAzzamaxshariy arab dunyosini kezib ilm tarqatgan boʻlsa, 1414 -yilda Sherozga kelgan Abdurahim Hofiz Xorazmiy turkiyda bitgan gʻazallari bilan shuhrat topgan.
 
Alisher Navoiy "Majolis unnafois" asarida Xoja Abulvafoyi Xorazmiy va Mavlono Jaloliddin Rumiy masnaviysiga sharh bitgan Husayn Xorazmiylarni katta hurmat bilan taʼriflaydi. Xorazm adabiy jarayonining rivojlanishi natijasida yetuk adabiyot namoyandalari yetishib chiqa boshladi. Bular Ravnaq (1725–1805), Roqim (1742–1825), Nasimiyning gʻazallarini oʻzbek tiliga agʻdargan mashhur shoir Andalib (1710–70), Vosifiyning "Badoyeʼ ulvaqoyeʼ" asarini forsiydan tarjima qilgan, oʻzbek va fors tillarida baravar ijod etgan Dilovarxoʻja (18-asr), Navoiyning "Xamsa"sidagi dostonlarning nasriy variantlarini yaratgan Umar Boqiy (18-asr), oʻz zamonasining ulugʻ shoirlari Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy (1825– 99), Bayoniy va boshqadirboshqalardir.
 
Feruz davrida Xorazm adabiy muhiti yanada rivojlandi. Uning buyrugʻi bilan shoir Tabibiy "Majmuai 30 shuaro payravi Feruz" tazkirasini tuzadi va Feruzning 101 gʻazaliga 30 shoir yozgan payravni kiritadi. Tazkiranavis Laffasiy tuzgan "Tazkirai shuaro"da (1945) Munis davridan Laffasiy davrigacha ijod kilgan (Munis va Laffasiy bilan birga) Xorazmdagi 51 shoirning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar bitilgan.