Encyclopædia Britannica — versiyalar orasidagi farq

k
xulosa tahrirlanmadi
k
}} „'''Encyclopædia Britannica'''“ ({{talaffuz|Insayklopidiya britennika}}; [[lotin tili|lot.]] „Britaniya ensiklopediyasi“ degani; {{lang-en|„British Encyclopaedia“}}) — [[ingliz tili|inglizcha]] universal [[ensiklopediya]]. „Encyclopædia Britannica“ [[Encyclopædia Britannica, Inc.]] kompaniyasiga qarashlidir. Ensiklopediyani 100 ga yaqin muharrir yozadi va muntazam yangilab turadi. Bundan tashqari, 4,000 dan oshiq odam hissa qoʻshib turadi. Bular orasida 110 [[Nobel mukofoti]] sovrindori va besh [[AQSH prezidenti]] bor. „Encyclopædia Britannica“ ingliz tilidagi eng ilmiy ensiklopediyalardan biri hisoblanadi.<ref>[http://www.thenews.com.pk/article-39870-Encyclopedia-Britannica-goes-digital-after-244-years- ''Encyclopedia Britannica'' goes digital after 244 years]. ''The News'' (2012-03-15). Retrieved 17 March 2012.</ref>
 
„Britannica“ hali ham chiqarilayotgan eng eski inglizcha ensiklopediyadir. Birinchi marta „Encyclopædia Britannica“ 1768- va 1771-yillar orasida [[Edinburg]]da uch jildda chop etilgan. Vaqt oʻtishi bilan ensiklopediyaning hajmi oʻsdi: ikkinchi nashri 10 jildli boʻldi. Toʻrtinchi nashriga kelib (1801-1810) jildlar soni 20 ga yetdi. Ensiklopediyaning obroʻsi koʻtarilib bordi. „Britannica“ning 9- (1875-1889) va 11- (1911) nashrlari ilmiy va yozilish uslubi jihatdan yuqori darajada baholanadi.
 
11-nashrga kelib „Britannica“ni [[AQSH|Amerika]]da joylashgan kompaniya sotib oldi. Bundan soʻng [[Shimoliy Amerika]] bozoriga moslashtirilib ensiklopediyaning hajmi qisqartirildi va maqolalar soddalashtirildi. 1933-yil „Britannica“ ensiklopediyalar tarixida birinchi marta muntazam tahrirlashni kiritdi: har bir maqola belgilangan vaqtda yangilanib, butun ensiklopediya muntazam ravishda yangi nashrlarda chop etila boshlandi.
3 951

ta tahrir