Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 73:
Moldaviyada sinfiy jamiyat 9–11-asrlarda paydo boʻlgan. 12–14-asrlarda turli qabila ittifoqlari va davlat uyushmalari (skiflar, gotlar, hunnlar, [[Qadimiy Rus davlati]], [[Oltin Oʻrda]] va boshqalar) sistemasida, 14-asrda volohlarning sharqiy slavyanlar bilan aloqasi natijasida [[moldavan]] elati tashkil topgan. 1359-yildan mustaqil [[Moldaviya knyazligi]] hukum sura boshlagan. 16–18-asrlarda [[Usmonli turk imperiyasi]] qoʻl ostida turklar zulmiga qarshi ozodlik harakatlari boshlangan.
[[File:Rep._Moldova_Iulie_1940.jpg|250px|left|thumb|Yangi MSSR nemis xaritasi, 1940-yil sentabr.]]
18-asr oxiriga kelib [[Rossiya]] [[Diestr davlati]]dan chap tomondagi yerlarni, 1812-yili esa [[Bessarabiya]]ni qoʻshib oldi. Moldaviya mehnatkashlari 1905—1907-yillar revolyutsasida, [[Fevral inqilobi|Fevral]] va [[Oktabr inqilobi|Oktabr]] inqilobida qatnashgan. Sovet hokimiyati 1917-yil(dekabr) – 1918-yil (yanvar)da oʻrnatilgan. 1918-yil yanvar-martida RuminiyaRuminya Bessarabiyani bosib olgan.
1924-yil 12-oktabrda USSR tarkibida [[MoldASSR]] tashkil etilgan. 1940-yil 28-iyunda Bessarabiya SSSR ga qaytarib berilgan. 1940-yil 2-avgustda [[MoldSSR]] tashkil topgan. Oʻsha yili Moldaviya Kommunistlar Partiyasi tuzilgan. 1941-yilda Moldaviya gitlerchi-fashist qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan. 1944-yil avgustda [[Qizil Armiya]] tomonidan ozod etilgan. Moldaviya [[Lenin ordeni]] (1958), Oktabr Revolyutsasi (1974) va [[Xalqlar doʻstligi]] (1972) ordenlari bilan mukofotlangan.