Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 72:
 
== Tarixi ==
Miloddan avvalgi 9-asrdan Ozarbayjon hududida [[Mana]], [[Midiya]], [[Atropatena]], [[Kavkaz Albaniyasi]] degan qadimgi davlatlar boʻlgan. 3–10-asrlarda Eron, Arab xalifaligi hukmromligihukmronligi ostida boʻlgan. 9–16-asrlarda [[ShirvoShirvon]] va boshqa davlatlar tashkil topgan. 11–13-asrlarda [[ozarbayjonlar|ozarbayjon]] elati shakllangan. 11–14-asrlarda [[saljuqlar]], [[moʻgʻullar]], [[Amir Temur]] istilo qilgan.
[[File:Sport car in Baku - 1960.jpg|thumb|left|Boku 1960-yilda]]
16–18-asrlarda [[Safaviylar davlati]] tarkibida boʻlgan, [[Eron]] bilan [[Turkiya]] oʻrtasidagi kurash nuqtasiga aylangan. 18–asr18-asr oʻrtasidan boshlab 15 dan ortiq davlat hukm surib, ular Eronga qaramga boʻlgan.
 
1813- va 1828-yillarda Ozarbayjonning shimoliy qismi [[Rossiya]]ga qoʻshib olingan. 19-asr oxiriga kelib Boku yirik sanoat markaziga aylangan. 1904-yili RSDRIning iskrachi komiteti tuzilgan. Ozarbayjon xalqi 1905-1907-yillar revolyutsasi, 1917-yil [[Fevral inqilobi|Fevral]] va [[Oktabr inqilobi|Oktabr]] inqiloblarida qatnashgan.

1917-yil noyabr oyida Sovetsovet hokimiyati oʻrnatilgan va Boku kommunasi vujudga kelgan. 1918-yil yozida ingliz-turk intervensiyasi boshlanib, hokimiyat [[musovotchilar]] qoʻliga oʻtgan. Qizil armiya qoʻllovi bilan mamlakatda sovet hokimiyati tiklangan.
 
1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon SSR eʼlon qilingan. Oʻsha yili Ozarbayjon Kompartiyasi tashkil etilgan. 1922-yil 12-martdan [[Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi|Zakavkazye SFSR]] tarkibiga kirgan. 1936-yil 5-dekabrda ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan. Ozarbayjon SSR uch marta: 1935-, 1964- hamda 1980-yillarda [[Lenin ordeni]] bilan taqdirlangan.