Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi — versiyalar orasidagi farq

Moldaviyada sinfiy jamiyat 9–11-asrlarda paydo boʻlgan. 12–14-asrlarda turli qabila ittifoqlari va davlat uyushmalari ([[skiflar]], [[gotlar]], [[hunnlar]], [[Qadimiy rus davlati]], [[Oltin Oʻrda]] va boshqalar) sistemasida, 14-asrda [[voloxlar]]ning sharqiy slavyanlar bilan aloqasi natijasida [[moldavanlar|moldavan]] elati tashkil topgan. 1359-yildan mustaqil [[Moldaviya knyazligi]] hukm sura boshlagan. 16–18-asrlarda [[Usmonli turk imperiyasi]] qoʻl ostida turklar zulmiga qarshi ozodlik harakatlari boshlangan.
 
18-asr oxiriga kelib [[Rossiya]] [[Diyestr davlati]]dan chap tomondagi yerlarni, 1812-yili esa [[Bessarabiya]]ni qoʻshib oldiolgan. Moldaviya mehnatkashlari 1905—1907-yillar revolyutsasida, [[Fevral inqilobi|Fevral]] va [[Oktabr inqilobi|Oktabr]] inqilobida qatnashgan. Sovet hokimiyati 1917-yil (dekabr)–1918-yil (yanvar)da oʻrnatilgan. 1918-yil yanvar-martida Ruminya Bessarabiyani bosib olgan. 1924-yil 12-oktabrda [[Ukraina SSR]] tarkibida [[Moldaviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi]] tashkil etilgan. 1940-yil 28-iyunda Bessarabiya OSvet Ittifoqiga qaytarib berilgan. 1940-yil 2-avgustda Moldaviya SSR tashkil topgan. Oʻsha yili Moldaviya Kommunistlar Partiyasi tuzilgan. 1941-yilda Moldaviya gitlerchi-fashist qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan. 1944-yil avgustda [[Qizil armiya]] fashistlarni siqib chiqargan. Moldaviya SSR [[Lenin ordeni]] (1958), Oktabr Revolyutsasi (1974) va [[Xalqlar doʻstligi]] (1972) ordenlari bilan mukofotlangan.
 
== Manbalar ==