Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi — versiyalar orasidagi farq

qisqa izoh tahrirlanmadi
 
Moldaviya SSR 1940-yilning 2-avgustida oʻsha yilning 28-iyunida [[Ruminiya]]dan anneksiya qilib olingan [[Bessarabiya]]ning ayrim hududlari hamda [[Ukraina SSR]] tarkibidagi [[Moldaviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi]]ning ayrim hududlarini birlashtirib tuzilgan.
 
Moldaviya SSR poytaxti [[Kishinyov]] shahri boʻlgan. Respublika 40 rayonga boʻlingan, 21 shahar, 47 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.
 
1990-yilning 23-iyunida Moldaviya SSR suverenitet deklaratsiyasini eʼlon qildi va ''Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi'' deb qayta nomlandi. 1991-yilning 23-mayida oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va [[Moldova Respublikasi]] deb qayta nomlandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 26-dekabrda rasman tan oldi.