Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tarixi
Qator 79:
 
==Tarixi==
Belorussiyada sinfiy jamiyat 1-ming yillikda vujudga kelgan. 10–12-asr boshida [[Kiev Rusi]] tarkibida [[Polotsk]], [[Turovo-Minsk]] va boshqa feodal knyazliklari tashkil topgan. 13–14-asrlarda Belorussiya yerlari [[Litva Buyuk knyazligi]], 1569-yildan [[Rech Pospolita]] tarkibida boʻlgan. 16-asrda belorus xalqi toʻla tarkib topgan. 18-asr oxirida Belorussiya yerlari [[Rossiya]] bilan qoʻshilgan.
[[File:PL-RU war 1919 phase I.svg|thumb|left|The initial and provisional borders of the SSRB (dark green).]]
 
1861-yilgi dehqonlar islohoti [[kapitalizm]] taraqqiyotini tezlashtirgan. 1863–1864-yillarda belorus xalqi [[Polsha milliy ozodlik qoʻzgʻoloni]]da qatnashgan. 19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar, 1904-yilda [[Polese]] va Shimoli-gʻarbiy kometetlar, 1906-yili RSDRP Litva va Belorussiya viloyati ittifoqi tuzilgan. Belorus xalqi 1905-1907-yillar revolyutsasi, 1917-yil [[Fevral inqilobi|Fevral]] va [[Oktabr inqilobi|Oktabr]] inqiloblarida qatnashgan. 1917-yil noyabrda Belorussiyada [[Sovet hokimiyati]] oʻrnatilgan. 1918-yil fevral-noyabr oylarida Belorussiya hududining koʻp qismini [[Germaniya]] qoʻshinlari bosib olgan.