Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tarixi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 62:
 
Latviya SSR poytaxti [[Riga]] shahri boʻlgan. Respublika 26 rayonga boʻlingan, 56 shahar, 37 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.<ref>{{cite encyclopedia | year = 1988 | title = Latviya SSR | encyclopedia = Ensiklopedik lugʻat | publisher = [[Oʻzbek sovet ensiklopediyasi]] | location = Toshkent | language = oʻzbekcha | id = 5-89890-002-0 | page = 449 | volume = 1}}</ref>
 
1940-yilning 23-iyulida eʼlon qilingan [[Welles deklaratasiyasi]] ortidan 1940-yilning 5-avgustida Latviyaning Sovet Ittofoqi tomonidan anneksiya qilib olingani [[AQSH]] va [[Yevropa]] davlatlari tomonidan tan olinmagan. Latviya Sovet Ittifoqiga kirgan 15-respublika oʻlaroq yarim asr davomida tan olinmagan. Mamlakat hududini 1940-yilning iyun-iyul oylarida [[fashistlar Germaniyasi]] ishgʻol qilgan. 1944–1945 yillarda sovetlar Latviyani qayta egallagan. Bunga qaramasdan, Latviya ''[[de jure]]'' mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan, ayrim davlatlar Latviyaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan.
 
Latviyada sovet hukmronligi Sovet Ittifoqi parchalana boshlaganidan keyin oʻz yakuniga yetdi. Latviya SSRning ilk saylangan parlamenti 1990-yilning 4-mayida Latviya mustaqilligini tiklash haqidagi deklaratsiyani qabul qildi va mamlakat nomini qaytadan Latviya Respublikasi deb oʻzgartirdi. 1991-yilning 21-avgustida – Moskvada davlat toʻntarishi urinishi boshlanganidan keyin ikki kun oʻtib – Latviya Respublikasi mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.
 
== Manbalar ==