Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 58:
== Tarixi ==
Latviyada sinfiy jamiyat milodiy 5-asrda vujudga kelgan. 10–13-asrlarda dastlabki feodal knyazliklari ([[Koknese]], [[Ersika]], [[Talava]]) boʻlgan. 13–16-asrlarda [[nemis]] feodal-katolik istilichilari qoʻl ostida boʻlgan. 1562-yili Latviya hududining bir qismini [[Polsha]] va [[Shvetsiya]] boʻlib olgan. 17-asr boshiga kelib [[latishlar|latish elati]] tarkib topgan. 1721–1795-yillarda [[Rossiya]]ga birlashgan. 19-asrning 90-yillarida [[sotsialist-demokratik]] toʻgaraklar vujudga kelgan. Latish xalqi 1905–1907-yillar revolyutsasi, 1917-yil [[Fevral inqilobi|Fevral]] va [[Oktabr inqilobi|Oktabr]] inqiloblarida qatnashgan.
[[File:Latvian SSR 1940.jpg|thumb|left|300px|Latviya SSRning 1940-yildagi Sovet xaritasi]]
 
1918-yil 17-dekabrda Latviyada [[Sovet hokimiyati]] oʻrnatilgan. 1920-yil boshida hokimiyatni milliy burjuaziya egallab olgan. 1934-yil mayida [[fashistlar]] toʻntarilishi boʻlgan. 1940-iyunda Latviya xalqi fashistlar hukumatini agʻdarib tashlab, Sovet hokimiyatini qayta tiklaganlar. 1940-yil 21-iyulda LatSSR tashkil etilgan. 1940-yil 5-avgustdan Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan. 1941-yili [[nemis-fashist]] qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan. 1944–1945-yil mayida [[Sovet Armiyasi]] Latviyani ozod qilgan. Latviya SSR [[Lenin Ordeni]] (1965), Oktabr Inqilobi (1980), [[Xalqlar doʻstligi]] (1972) ordenlari bilan mukofotlangan.