Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
'''Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi''', '''Belorussiya SSR''' ({{Lang-be|Беларуская Савецкая Сацыялiстычная Рэспубліка}}; {{Lang-ru|Белорусская Советская Социалистическая Республика}}) — [[Sovet Ittifoqi]] tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1920–1922-yillarda mavjud boʻlgan, 1922-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi tarkibidagi oʻn besh respublikaning biri boʻlgan. 1990-yildan 1991-yilgacha oʻz qonunchiligiga ega boʻlgan. Respublikani Belorussiya Kommunistik partiyasi boshqargan. Ayrim manbalarda Sovet Belorussiyasi deb yuritiladi.
 
1918-yilning 19-martida [[Belorussiya Demokratik Respublikasi]] mustaqillik eʼlon qilgan. 1919-yilning 1-yanvar kuni bolsheviklar tomonidan [[Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi]] ({{lang-be|Савецкая Сацыялістычная Рэспубліка Беларусь}}; {{lang-ru|Социалистическая Советская Республика Белоруссия}}) tashkil etilgan. 1922-yilda Belorussiya SSR [[Ukraina SSR]], [[Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi|Zakavkazye SFSR]] va [[Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi|Rossiya RSFSR]] bilan bir qatorda Sovet Ittifoqining ilk toʻrt aʼzosidan biriga aylangan. [[Ikkinchi jahon urushi]] davrida [[fashistlar Germaniyasi]] Belorussiyani ishgʻol qilgan.
 
Belorussiya SSR poytaxti [[Minsk]] shahri boʻlgan. Respublika 6 viloyat, 117 rayonga boʻlingan, 96 shahar, 111 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.<ref>{{cite encyclopedia | year = 1988 | title = Belorussiya SSR | encyclopedia = Ensiklopedik lugʻat | publisher = [[Oʻzbek sovet ensiklopediyasi]] | location = Toshkent | language = oʻzbekcha | id = 5-89890-002-0 | page = 91 | volume = 1}}</ref>
 
Sovet Ittifoqining soʻnggi yillarida, 1990-yil 27-iyulda Belorussiya SSR Oliy Soveti davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi. 1991-yil 15-avgustda Stanislav Sushkiyevich mamlakatning birinchi prezidenti etib saylandi. Oʻn kundan keyin, 1991-yil 25-avgustda Belorussiya SSR oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va davlat nomi [[Belorussiya Respublikasi]]ga oʻzgartirildi. Oradan toʻrt oyu bir kun oʻtib, 1991-yil 26-dekabrda Sovet Ittifoqi tarqatib yuborildi.