Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 72:
{{flag|Poland}}<br>{{flag|Russia}}
}}
'''Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi''', '''Belorussiya SSR''' ({{Lang-be|Беларуская Савецкая Сацыялiстычная Рэспубліка}}; {{Lang-ru|Белорусская Советская Социалистическая Республика}}) — [[Sovet Ittifoqi]] tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1920–1922-yillarda mavjud boʻlgan, 1922-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi tarkibidagi oʻn besh respublikaning biri boʻlgan. 1990-yildan 1991-yilgacha oʻz qonunchiligiga ega boʻlgan. Respublikani Belorussiya Kommunistik partiyasi boshqargan. Ayrim manbalarda ''Sovet Belorussiyasi'' deb yuritiladi.
 
1918-yilning 19-martida [[Belorussiya Demokratik Respublikasi]] mustaqillik eʼlon qilgan. 1919-yilning 1-yanvar kuni bolsheviklar tomonidan [[Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi]] ({{lang-be|Савецкая Сацыялістычная Рэспубліка Беларусь}}; {{lang-ru|Социалистическая Советская Республика Белоруссия}}) tashkil etilgan. 1922-yilda Belorussiya SSR [[Ukraina SSR]], [[Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi|Zakavkazye SFSR]] va [[Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi|Rossiya RSFSR]] bilan bir qatorda Sovet Ittifoqining ilk toʻrt aʼzosidan biriga aylangan. [[Ikkinchi jahon urushi]] davrida [[fashistlar Germaniyasi]] Belorussiyani ishgʻol qilgan.