Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Belorussiyada sinfiy jamiyat 1-ming yillikda vujudga kelgan. 10–12-asr boshida [[Kiyev Rusi]] tarkibida [[Polotsk]], [[Turovo-Minsk]] va boshqa feodal knyazliklari tashkil topgan. 13–14-asrlarda Belorussiya yerlari [[Litva Buyuk Knyazligi]], 1569-yildan [[Rech Pospolita]] tarkibida boʻlgan. 16-asrda [[beloruslar|belorus]] xalqi toʻla tarkib topgan. 18-asr oxirida Belorussiya yerlari [[Rossiya]] bilan qoʻshilgan.
 
1861-yilgi dehqonlar islohoti [[kapitalizm]] taraqqiyotini tezlashtirgan. 1863–1864-yillarda belorus xalqi [[Polsha milliy ozodlik qoʻzgʻoloni]]da qatnashgan. 19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar, 1904-yilda [[Polese]] va Shimoli-gʻarbiy qoʻmitalar, 1906-yili RSDRP Litva va Belorussiya viloyati ittifoqi tuzilgan. Belorus xalqi 1905-1907-yillar revolyutsasi, 1917-yil [[Fevral inqilobi|Fevral]] va [[Oktabr inqilobi|Oktabr]] inqiloblarida qatnashgan. 1917-yil noyabrda Belorussiyada Sovet hokimiyati oʻrnatilgan.
 
1918-yilning 19-martida [[Belorussiya Demokratik Respublikasi]] mustaqillik eʼlon qilgan. Oʻsha yili fevral-noyabr oylarida Belorussiya hududining koʻp qismini [[Germaniya]] qoʻshinlari bosib olgan.