Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 71:
== Tarixi ==
Litvada sinfiy jamiyat milodiy 5–6-asrlarda vujudga kelgan. 1240-yilga kelib feodal Litva Buyuk knyazligi tashkil topgan. 13-asrda [[litva elati|litvalar]] shakllangan. 1558–1583-yillarda Litva [[Rossiyaga]] qarshi [[Livoniya urushi]]da qatnashgan. Lyublin uniyasiga muvofiq 1569-yili Litva [[Polsha]] bilan birga [[Rech Pospolita]]ga birlashgan. 1795–1815-yillarda Litvani Rossiya butunlay bosib olgan. 1830–1831 va 1863–1864-yillarda Litva halqi Polsha qoʻzgʻolonlarida qatnashgan.
[[Image:Lithuanian SSR 1940.jpg|thumb|left|300px|Litva SSRning 1940-yildagi Sovet hatirasi]]
 
19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar vujudga kelgan. 1918-yil dekabrda 1919-yil yanvarda [[Sovet hokimiyati]] Litva hududining koʻp qismida oʻrnatilgan. Litva 1919-yil fevral-avgustda LBSSR tarkibida boʻlgan. 1940-yil 21-iyulda LitSSR tashkil etilgan. 1940-yil 3-avgustda SSSR tarkibiga kirgan. 1941-yili nemis-fashist qoʻshinlari okkupatsiya qilgan, 1944-yil iyuli – 1945-yil yanvarida [[Sovet armiyasi]] tomonidan qayta bosib olingan. Litva SSR [[Lenin ordeni]] (1965), [[Oktabr Inqilobi ordeni|Oktabr Inqilobi]] (1980), [[Xalqlar doʻstligi ordeni|Xalqlar doʻstligi]] (1972) ordenlari bilan mukofotlangan.