Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Aktual maʼlumot emas
(Aktual maʼlumot emas)
1922-yilda Belorussiya SSR [[Ukraina SSR]], [[Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi|Zakavkazye SFSR]] va [[Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi|Rossiya RSFSR]] bilan bir qatorda Sovet Ittifoqining ilk toʻrt aʼzosidan biriga aylangan. 1939-yil noyabrda [[Gʻarbiy Belorussiya]] Belorussiya SSR bilan qayta qoʻshilgan.
 
1941-yili Belorussiyani [[fashistlar Germaniyasi|nemis-fashist]] qoʻshinlari bosib olgan. 1944-yili iyulda Belorussiyani sovet qoʻshinlari qaytadan bosib olgan.
 
Belorussiya SSR [[Lenin ordeni]] (1935, 1958), [[Oktabr Inqilobi ordeni|Oktabr inqilobi]] (1968), [[Xalqlar doʻstligi ordeni|Xalqlar doʻstligi]] (1972) ordenlari bilan mukofotlangan.
 
Sovet Ittifoqining soʻnggi yillarida, 1990-yil 27-iyulda Belorussiya SSR Oliy Soveti davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi. 1991-yil 15-avgustda [[Stanislav Sushkiyevich]] mamlakatning birinchi prezidenti etib saylandi. Oʻn kundan keyin, 1991-yil 25-avgustda Belorussiya SSR oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va davlat nomi [[Belorussiya Respublikasi]]ga oʻzgartirildi. Oradan toʻrt oyu bir kun oʻtib, 1991-yil 26-dekabrda Sovet Ittifoqi tarqatib yuborildi.