Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 75:
19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar vujudga kelgan. 1918-yil dekabr – 1919-yil yanvarda [[Sovet hokimiyati]] Litva hududining koʻp qismida oʻrnatilgan. Litva 1919-yil fevral-avgustda [[Litva-Belorus Sovet Sotsialistik Respublikasi]] tarkibida boʻlgan.
 
Litva SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. 1940-yilning 16-iyunida sovet qoʻshinlari [[Molotov–Ribbentrop pakti]] asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Litva Respublikasi hududida Litva SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan [[qoʻgʻirchoq hukumat]] oʻrnatilgan. 1940-yil 3-avgustda SSSR tarkibiga kirgan. 1941-yili nemis-fashist qoʻshinlari okkupatsiya qilgan, 1944-yil iyuli – 1945-yil yanvarida [[Sovet armiyasi]] tomonidan qayta bosib olingan.
 
Aksar davlatlar Litvaning qoʻshib olinganini ''[[de jure]]'' tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan ''[[de facto]]'' boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Litvaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Litva 1940–91-yillar mobaynida ''de jure'' okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.