Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi — versiyalar orasidagi farq

k
18-asr oxiriga kelib [[Rossiya]] [[Dnestr davlati]]dan chap tomondagi yerlarni, 1812-yili esa [[Bessarabiya]]ni qoʻshib olgan. Sovet hokimiyati 1917-yil (dekabr) – 1918-yil (yanvar)da oʻrnatilgan. 1918-yil yanvar-martida [[Ruminiya]] Bessarabiyani bosib olgan.
 
1924-yil 12-oktabrda [[Ukraina SSR]] tarkibida [[Moldaviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi]] tashkil etilgan. 1940-yil 28-iyunda Sovet Ittifoqi Bessarabini qaytarib olgan. 1940-yil 2-avgustda Moldaviya SSR tashkil topgan. Oʻsha yili Moldaviya Kommunistlar Partiyasi tuzilgan. 1941-yilda Moldaviya gitlerchi-fashist qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan. 1944-yil avgustda [[Qizil armiya]] fashistlarni siqib chiqargan. Moldaviya SSR [[Lenin ordeni]] (1958), [[Oktabr Innqilobi ordeni|Oktabr Inqilob]] (1974) va [[Xalqlar doʻstligi]] (1972) ordenlari bilan mukofotlangan.
 
1990-yilning 23-iyunida Moldaviya SSR suverenitet deklaratsiyasini eʼlon qildi va ''Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi'' deb qayta nomlandi. 1991-yilning 23-mayida oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va [[Moldova Respublikasi]] deb qayta nomlandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 26-dekabrda rasman tan oldi.