Lotin tili: Versiyalar orasidagi farq

k
tahrir izohi yoʻq
(Fixing abbreviations (v0.1))
kTahrir izohi yoʻq
| iso2 = lat
| iso3 = lat
|turkumlanishi = Turkumlanishi
|til_kodlari = Til kodlari
}}
'''Lotin tili''' — hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qadimgi Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi miloddan avvalgi 4—3-asrlarga toʻgʻri keladi. Apennin yarim orolning lotinlashuvi (yunon tili hukmron boʻlgan Jan. Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) miloddan avvalgi 1-asrda yakunlanadi. Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida Lotin tili Shim. Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. Lotin tilidagi eng qadimgi yodgorliklar miloddan avvalgi 3-asrga mansub.