Mariy tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 18:
|iso3=
}}-->
'''Mariy tili''' — [[Fin-ugor tillari|fin-ugor tillaridan]] biri. Rossiya Federatsiyasining Mariy El, Tatariston, Udmurtiston, Boshqirdiston respublikalarida va bir qator Volgaboʻyi viloyatlarida tarqalgan, 600 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. Bir qancha: oʻtloqzor (lugovoy), togʻliq (gorniy), sharqiy, shim.-gʻarbiy laxjalari va 2 xil adabiy tili (oʻtloqzor sharqiy va togʻliqmariy) mavjud. Mariy tilining har ikkala adabiy shakli 19-asrdan boshlab rus alifbosi asosidagi yozuvga, oʻz imlo qoidalariga ega. Mariy tili 8-asrdan turkiy tillar, 13-asrdan rus tili taʼsirida rivojlangan boʻlsada, fin-ugor tillariga xos belgilarni saqlab qolgan. Lahjalarida turli xil unlilar juftligi (a—a, o— o va boshqalar), binobarin, singarmonizm kuzatiladi. Otlarda koʻplikni ifodalovchi bir qancha koʻrsatkichlar bor. Feʼllar 2 xil tuslanadi, hozirgi-kelasi va 6 ta oʻtgan zamon shakllariga, istak va buyruq mayllari shakllariga ega. Soʻz yasalishi suffiksatsiya va soʻz koʻshish usullarida amalga oshadi. Mariy tili haqidagi dastlabki maʼlumotlar 18-asrga ta-allukli, dastlabki grammatikasi 1755 yilda yaratilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==