Dan tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 16:
| til_kodlari = Til kodlari
}}
'''Dan tili''' — danlar tili. German tillari guruhining Skandinaviya (Shim. Germaniya) shoxobchasiga kiradi. Daniyaning rasmiy tili boʻlib, unda 5,0 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. 16— 19-asrlarda D.t. Norvegiyada ham rasmiy va soʻzlashuv tili boʻlgan. Tarixda D.t.ning 3 davri farqlanadi: umumskandinaviya asos tili (3—9-asr lar), eski D. t. (9—16-asrlar) va yangi D. t. (16-asr dan keyingi davr). D.t.dagi qad. yozma yodgorliklar "runik" yozuvda boʻlib, 9-asrga taalluqyai. Bu vaqtga kelib eski D. t. boshqa skandinav tillardan farq qila boshlagan. 18-asrga kelib, hozirgi adabiy D.t. shakllandi. Adabiy D.t. zeland dialekti asosida yuzaga kelgan. Hoz. adabiy D.t. uchun analitik qurilish xos, fonetikasida choʻziq va qisqa unlilar mavjud (10 juft). Undoshlar faqat qisqa. Grammatikasida otlar birlik va koʻplikda keladi, umumiy va qaratqich kelishigida turlanadi. Gap qurilishi uchun 2 tarkiblilik va asosiy boʻlaklar — ega va kesimning aniq oʻringa egaligi xos. Yangi soʻzlar turli soʻz yasovchi qoʻshimchalar, shuningdek, soʻzlarni qoʻshish yoʻli bilan yasaladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20D%20harfi.pdf D-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyot Manbalar==
{{manbalar}}
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{lang-stub}}