Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 60:
 
1990-yilning 22 avgustida Turkmaniston suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 27-oktabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Turkmaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
 
== Tarixi ==
Turkmaniston SSR hududida sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikda vujudga kelgan. 6–4-asrlarda [[Axomaniylar davlati|Axomaniylar]], Makedoniyalik [[Iskandar]] qoʻl ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan [[Parfiya podsholigi]], [[Sosoniylar davlati]] tarkibida boʻlgan.
 
5–8-asrlarda [[eftalitlar]], [[turklar]], [[arablar]] hokimiyati oʻrnatilgan. Turkmaniston SSR xalqi arablarga qarshi [[Muqanna qoʻzgʻoloni]]da ishtirok etgan. 9–10-asrlarda [[Tohiriylar davlati|Tohiriylar]], [[Somoniylar davlati|Somoniylar]] davlatlari tarkibida boʻlgan.
 
11-asrga kelib Turkmaniston SSR hududini [[oʻgʻuzlar]] zabt etgan. 11–13-asrlarda [[Saljuqiylar davlati]] [[Xorazm]] tarkibida boʻlgan. 13–15-asrlarda [[moʻgʻullar]] qoʻl ostiga oʻtgan. Soʻngra esa [[Temuriylar davlati]] [[Turkmaniston]] hududini egallab olgan. 15-asrda [[turkmanlar|turkman elati]] tarkib topa boshlagan.
 
16–17-asrlarda [[Buxoro xonligi]] tarkibida, 19-asrning 60-yillari oxiri – 80-yillar oʻrtasida [[Rossiya]]ga qoʻshib olingan. Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr-dekabr oylarida oʻrnatilgan. Hududining asosiy qismi [[Turkiston ASSR]]ga kirgan. [[Grajdanlar urushi]]da Turkmaniston SSR xalqi [[Qizil Armiya]] yordamida [[oqgvardiyachilar]] va [[ingliz interventlarini]] tor-mor qilgan. Milliy chegaralanish natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil etilgan.
 
== Manbalar ==