Malayziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Malaziya_info}}
'''Malayziya''' (Persekutuan Tanah Malaysiu)  Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini Jan. Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy M.Malayziya (Malayya) Malakka yarim orolning jan.da, Sharkiy M.Malayziya Kalimantal o.ning shim. qismida joylashgan. Maydoni 332,8 ming km². Aholisi 22,2 mln. kishi (2001). Poytaxti  [[Kuala Lumpur|Kuala-Lumpur]] shahri Maʼmuriy jihatdan 13 shtat va 2 federal hududga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
M.Malayziya  federativ davlat, konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1963 yilda qabul kilingan, unga Malayya federatsiyasining 1957 yilgi konstitutsiyasi asos qilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi  oliy hukmdor (podshoh, 2001 yil 12 dek.dan Sulton Tuanku Sayd Sirojiddin Sayd Nutra Jamolullayl), u 9 malayya kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi  2 palatali parlament. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
M.Malayziya ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka yarim orolning katta qismini tepaliklar, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (balandligi 1000–2000 m; eng baland joyi  Taxan togʻi, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gacha) pasttekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, oʻrta qismi tepaliklar va 2000–2400 m balandlikdagi togʻlardir. M.dagiMalayziyadagi eng baland joy  Kinabalu togʻi (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrogʻida subekvator mussonli iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida 25°—28–28°, Yillik yogʻin sohillarda 2000–5000 mm. Daryolari (Rajang , Paxang , Baram, Kinabatangan va boshqalar) sersuv. Tuproklari podzollashgan laterit, payettekisliklarda allyuvial tuproklar. Yer yuzasining 3/4 qismi doim yashil nam tropik oʻrmon. Palma, bambuk, togʻlarida eman, dafna va boshqa oʻsadi. Oʻrmon hayvonlari koʻp. Yirik hayvonlardan fil, ikki shoxli karkidon, himolay ayigʻi, yoʻlbars, qoplon, yovvoyi buyvollar, shuningdek, maymun, timsoh, boʻgʻma ilonlar bor. Tropik oʻrmonlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi Taman-Negara, Bako milliy bogʻlarida qoʻriqlanadi.
 
== Aholisi ==
Aholisining 54 % malayyalar, 34 % xitoylar, 10 % hindlar va b, Davlat tili  Malayziya tili, Davlat dini  islom,. Shahar aholisi 43 %. Yirik shaharlari: Kuala-Lumpur, Jorjtaun, Ipox, JoxorBaru va boshqa
 
== Tarixi ==
M.Malayziya hududida odam ilk paleolit davridan yashaydi. Miloddan avvalgi 3—1ming3–1ming yilliklarda Malakka yarim orolga Xitoyning jan.-gʻarbidan avstronez qabilalar kelib oʻrnashgan. Milodiy 1ming yillik boshlarida Markaziy Sumatradan malayyalarning ajdodlari koʻchib kelgan.
 
Malakka yarim orol aholisining Hindiston bilan savdo va madaniy aloqalari bu yerda ilk davlatlarning yuzaga kelishida katta ahamiyat kasb etgan. Bunday davlatlar Malakka yarim orolning shi-m.da, daryolarning quyilish joyidagi shaharlarda vujudga kelgan. Bu shahardavlatlar 3—143–14-asrlarda oʻzidan kuchliroq qoʻshni davlatlarga tobe boʻlgan.
 
15-asrda va 16-asr boshlarida Malakka yarim orol, Riau arxipelagi va Sumatra orolning sharqiy qismi Malakka sultonligi qoʻl ostida birlashtirildi. 1511 yil Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. M.Malayziya hududining gʻarbiy qismi  Malayyada bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi  Joxor 16—16– 18-asrlarda butun Malayya ni oʻz hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641 yil Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-asr oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari taʼsir koʻrsata boshladi. 1786—18881786–1888 yillar davomida inglizlar hozirgi M.Malayziya hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilarga karshi urush hamda qoʻzgʻolonlar boʻldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.).
 
[[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] davrida M.niMalayziyani yapon armiyasi bosib odni. 1943 yil M.daMalayziyada boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945 yil 2 sentabrda yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi  xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari M.gaMalayziyaga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaqtda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948 yillardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946 yildan Malayya Ittifoqi va 1948 yildan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946 yil Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948 yil iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949 yil fevralda malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955 yil Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957 yildan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957 yil 31 avgustada Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963 yil 9 iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida M.Malayziya Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965 yil M.Malayziya bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. M.Malayziya 1963 yildan [[BMT]] aʼzosi. 1992 yil 1 yanvarda UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. M.ningMalayziyaning milliy bayrami  31 avg .  Milliy kun (1957).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Umummalayziya islom partiyasi, 1951 yilda tuzilgan; M.Malayziya xind kongressi, 1946 yilda asos solingan; M.Malayziya xitoy uyushmasi, 1949 yilda tashkil etilgan; Malayya birlashgan milliy tashkiloti (yangi), 1988 yilda asos solingan; Demokratik harakat partiyasi, 1966 yilda tuzilgan; Milliy front, 1973 yilda 12 partiyaning hukmron koaliiiyasi (ittifoqi) tarzida tashkil etilgan. M.Malayziya kasaba uyushmalari kongressi, 1949 yilda tuzilgan.
 
== XoʻjaligiIqtisodiyoti ==
M.Malayziya  industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda ishlab chiqarish sanoatining ulushi  28,7 %, konchilik sanoatining ulushi  9,3 %, qishloq xoʻjaligining ulushi  17,3 %. Malayziyaning asosiy ekini  sholi boʻlsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi kauchuk ishlab chiqarishdir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan; koramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uchun yogʻoch tayyorlanadi. Malayziya sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib chiqarish. M.Malayziya integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yogʻi, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganchkorlik, zargarlik, kashtachilik va boshqalar) rivojlangan.
 
Temir yoʻllari uz. 2,2 ming, avtomobil yoʻllari uz. 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji  2,9 mln. t. dedveyt. D yengiz portlari: Kelang , Jorjtaun, Kuantan, Kuala-Lumpur. Jorjtaun, Kota-Kinabaluda aeroportlar bor.
 
M.Malayziya chetga neft, elektron va elektrotexnika buyumlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, avtomobil), rezina texnika, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-kechak sotadi; chetdan mashina uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziq-ovqat sotib oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, AQSH, Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari, Jan. Koreya, Xitoy, Tayvan. Pul birligi  ringgit (Malayziya dollari).
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Xalq maorifi tizimi 6 yillik boshlangʻich maktab (6 yoshdan 12 yoshgacha bulgan bolalar uchun), 3 yillik kichik oʻrta maktab va 2 yillik katta oʻrta maktab (katta oʻrta maktab huzurida ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnika hamda kasb-hunar taʼlimi boʻlimlari bor) dan iborat. Hunarmandchilik maktablari, oʻrta texnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlarida ham turli kas-blar oʻrgatiladi. Kuala-Lumpur unti (1962), Milliy universitet (1970), Texnologiya unti (1972), qishloq xoʻjaligi unti (1973), Jorjtaundagi universitet oliy taʼlim beradi. Kuala-Lumpurda Milliy kutubxona (1971), Milliy muzey (1963, arxeologiya, etn., zool. majmuasi bilan) bor. Tabiiy kauchukni tadqiq qilish instituti, Malayziya ilmiy tadqiqot instituti, oʻrmonchilik va tropik baliqchilik tadqiqot markazlari, tibbiyot i.t. instituti, Ijtimoiy fanlar tarixi jamiyati, Malayya tili va adabiyoti agentligi, Tamil tili jamiyati mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Mamlakatda nashr etiladigan yirik gaz.largazetalar: „Berita harian“ („Kun yangiliklari“, Malayziya tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1957 yildan), „Biznes tayms“ („Biznes vaqti“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1976 yildan), „Malay meyl“ („Malayya pochtasi“, ingliz tilida chiqadigan kechki gaz.gazeta, 1896 yildan), „Mingguan Malayziya“ („Malayziya hafta ichida“, Malayziya tilida chiqadigan yakshanbalik gaz.gazeta, 1964 yildan), „Nanyan shanbao“ („Janubiy dengizlar savdo gazetasi“, xitoy tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1923 yildan), „Star“ („Yulduz“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1971 yildan), „Tamil nesan“ („Tamillar posboni“, taʼmil tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1924 yildan) va boshqa Bernama axborot agentligi, 1967 yilda taʼsis etilgan. M.Malayziya radiosi 1946 yil danyildan, M.Malayziya televideniyesi 1963 yildan ishlaydi.
 
== Adabiyot ==
Adabiyoti malayya, xitoy, tamil va ingliz tillarida. Malayya tilida yaratilgan adabiyoʻt asosiy oʻrinni egallaydi. 7-asrda tarixiy, huquqiy, diniy mavzulardagi asarlar, avliyo-anbiyolarning qissalari, nasihatgoʻylik adabiyoti yaratila boshladi. Malayya adabi-yotiningadabiyotining yangi davrini boshlab bergan adib Abdullo ibn Abdulqodir Munshiydir. U oʻzining „Abdullo haqida qissa“ (1849) asarida ijtimoiy tengsizlik, johilliklarni tanqid qiladi. 1925—261925–26 yillarda Sayd Shayx ibn Axmad al-hodining zamonaviy Misr hayotidan olib yozgan „Farida Xonim“ romani maydonga keldi. Keyinchalik Ahmad Navobi bin Muhammad Ali, Ahmad ibn Ismoil va boshqa ham koʻplab asarlar yarata boshladilar. Ahmad bin Hoji Muhammad Rashid Tol ilk bor malayya qahramonlari ishtirokidagi „Haqiqiy doʻst“ (1927), „Bu Salmami?“ (1928) va boshqa romanlar yaratdi.
 
30-yillarda yaigi indonez adabiyotining taʼsiri kuchaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va boshqalarning milliy ruhdagi romanlari paydo boʻldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning „Birga kurashaylik“ (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakachilarga qarshi kurash mavzulari keng yangradi.
 
50-yillarda adabiyotda asosiy oʻrinni xalq hayotiga bagʻishlangan sheʼr va hikoyalar egalladi. 1950 yil bir guruh qalamkashlar  K. Mas, U. Avang, M. Asraf, A. Samad Ismoil va boshqa „50-yillar avlodi“ adabiyot birlashmasini tashkil etdilar va „Sanʼat jamiyat uchun“ degan shiorni olgʻa surdilar. Milliy ozodlik harakati adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi.
 
Keyingi yillarda A. Samad Sayd („Salina“), A. Vati („Aylana“), A. Ali („Inqiroz“), A. Samad Ismoil („Vazir“), Ibrohim Umar („Chapdagi qadam“), S. Usmon Kelantan („Shimoli-sharqdagi shabada“) va boshqalarning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.
 
M.daMalayziyada tamil (S. Vadivel, J. Perumal, G. S. Shanmugam), xitoy (Sun Ya, Szyan Jen) va ingliz (Li Kok-Yang , Uy Bun-Seng) tillarida ham adabiyot rivojlanayotir.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
M.Malayziya hududida miloddan avvalgi 1ming yillikning 2-yarmiga oid guldor sopol idish va haykallar (Alor-Gajax va Berxallimadagi tosh yodgorliklar), Klangda va Tembeling daryosi boʻyida harsang terrasalar, sagʻanalar, jez buyumlar topilgan. 7—87–8-asrlargacha hind namunalariga taqlid qilingan: Budda ibodatxonalari va haykallari tiklangan. Bezak sanʼatida oltin va kumushdan, shoyi, sopoldan foydalanilgan, kashtachilik rivojlangan. 14-asrdan islom dini kirib kelishi munosabati bilan musulmon inshootlari qurish urf boʻldi (Perax, Kedax va Joxorda 17—17– 18-asrlarda mayejid va maqbaralar qurilgan). 15—1915–19-asrlarda, ayniqsa, kulolchilikda xitoylarning taʼsiri kuchaydi. 16-asrda mustamlakachilar bostirib kelgach, qad. madaniyat tanazzulga uchrab, yevropacha meʼmorlik va sanʼat shakllari joriy etila boshladi. 19-asr 2-yarmida shaharlar (Pinang , Kuala-Lumpur) rivojlandi. Yevropa, Xitoy, Hindiston, musulmon uslublari krrishmasidan iborat imoratlar qurildi. Turar joylar qoziq va toshlar ustiga, yerga yogʻoch hamda bambuk sinchlardan bar-po etildi.
 
20-asrdan katta shaharlar yonida Tesak, Joxor-Baru, Batter-ert kabi yoʻldosh shaharchalar barpo etila boshladi. Malayyaning „kampong“ deb ataluvchi qishloklari zich tarzda yoki yoʻllar, daryolar, togʻ vodiylari boʻylab joylashtiriladi. M.Malayziya daryolarida bambuk kulbali sollarni, uyqayiklarni uchratish mumkin. Mamlakatning qad. aholisi boʻlmish changalzor kishilari bambuk va palma yaprokdaridan yasalgan chaylalarda yashaydi. Yangi qishloqlarda gʻisht, temir-beton va yogʻochdan uylar qurilayotir.
 
20-asr boshlaridan chinni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Xonadonlarda toʻqilgan gazmoldan sarongi deb ataluvchi milliy kiyim va roʻmollar zardoʻzlik usulida tayyorlanadi. Perakda kashtachilik rivojlangan. Kelantan zargarlari zebziynat buyumlari, oʻyma naqshli idishlar, qumgʻonlar, qutichalar yasaydilar.
 
M.ningMalayziyaning zamonaviy tasviriy sanʼatida rassomlik, haykaltaroshlik rivojlangan. Hunarmandchilikning kulolchilik, toʻquvchilik, savat toʻqish kabi turlari saqlangan.
 
== Kinosi ==
Har yili mamlakatga 1000 tagacha xorijiy film keltiriladi. Bunday sharoitda milliy kinematografiyaning rivojlanishi juda qiyin. M.daMalayziyada dastlabki chinakam milliy kinofilmlar 50-yillarning oxirlarida yaratidsi. Ularning aksariyati anʼanaviy musiqiy dramalardan iborat. Rej.Rejissyor, ssenariychi, kompozitor, aktyor va xonanda P. Remli shunday dramalarni saxnalashtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillardagi anchagina kinokartinalar Tailand, Singapur, Filippin, Indoneziya kabi mamlakatlar bilan birgalikda yaratildi. 1981 yilda kinoni rivojlantirish tashkiloti tuzilgan. Badiiy filmlar orasida quyidagilar bor: „Xang Tuan“ (rej.rejissyor F. Mejundar), „Se-merax Padi“ (rej.rejissyor P. Remli), „Yigʻlama“ (rej.rejissyor R. Timoer), „Muhabbat va qoʻshiq“ (rej.rejissyor D. Sulong), „Ertangi kun umidida“ (rej.rejissyor D. Shamsuddin), „Ona, onajon“ (rej.rejissyor A. Mahmud).
 
== Oʻzbekiston  Malayziya munosabatlari ==
{{main|Oʻzbekiston — Malayziya munosabatlari}}