Tadeusz Reichstein — versiyalar orasidagi farq

k
'''Tadeusz Reichstein''' (1897.20.7-iyul 1897, [[Vlotslavsk]], [[Polsha]] – 1-avgust 1996, Basel, Shveysariya) — [[shveysariya]]lik [[organik kimyo]]gar. [[London qirollik jamiyati]] aʼzosi. Shveysariyadagi Federal politexnika maktabini tugatgan (1920). [[Bazel universiteti]] qoshidagi Farmatsevtika instituti direktori va farmatsevtik kimyo prof. (1938 yildan). 1933 yilda vitamin S ([[askorbin kislotasi]])ni sintez qilgan. Ilmiy izlanishlari gormonlar biokimyosi, geterotsiklik moddalar, qand, vitaminlar (askorbin va pantotenat kislotalar), steroidlar, buyrak usti bezi gormonlarining kimyoviy tuzilishi va biologik xossalarini oʻrganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1950, F. Sh. Xench va E. K. Kendall bilan hamkorlikda).<ref>"REYXSHTEYN (Reichstein) Tadeush" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20R%20harfi.pdf R-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
[[Turkum:Olimlar]]
[[Turkum:Kimyogarlar]]
[[Turkum:1897-yilda tugʻilganlar]]
[[Turkum:20-iyulda tugʻilganlar]]
[[Turkum:1996-yilda vafot etganlar]]
[[Turkum:1-avgustda vafot etganlar]]
 
{{Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari}}