48 952
ta tahrir
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)) |
kTahrir izohi yoʻq |
||
== Tabiati ==
S hududining katta qismi bal. 300–1000 m boʻlgan plato; shim.da uning talaygina qismida Liviya va Nubiya choʻllari, jan.da Markaziy Afrika togʻligi (eng baland joyi — Kinyeti togʻi, 3187 m), gʻarbda Darfur va Kordofan platolari, sharkda Efiopiya togʻligining etaklari joylashgan. Kizil dengiz sohili — ensiz pasttekislik. Mis, oltin, xromit, temir, marganets rudalari, neft, marmar, gips konlari bor. Iklimi — shim.da tropik choʻl iqiimi, issiq va qurgʻoqchil, jan.da ekvatorial, mussonli. Hartumda oʻrtacha
== Aholisi ==
Aholisining aksariyati arablar. Nil vodiysida nubiylar, shim.sharqida bejalar, shuningdek, dinka, azande, nuer, shilak xalqlari ham yashaydi. Shahar aholisi 35%. Rasmiy til — arab tili. Rasmiy din — islom. Xristianlar ham bor. Yirik shaharlari: Hartum, Omdurman, Shim. Hartum, PortSudan, Juba, AlUbayd.
AlUmma ("Millat") partiyasi, 1945 y. asos solingan; Birlashgan demokratik partiya, 1967 y. tuzilgan; Milliy kongress partiyasi, 1999 y. tashkil etilgan. S. ishchi kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1950 y. asos solingan, Xalqaro arab kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotiga kiradi.
==
S. — qoloq agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi.ning ulushi 46,3%, sanoatning ulushi 22,8%, xizmat koʻrsatish soqasining ulushi 30,8%.
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% band boʻlib, eksport tushumining 95% ni taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi da foydalaniladigan 8,4 mln. gektar yerning 2,6 mln. gektari sugʻoriladigan, 5,4 mln. gektari lalmi yerlardir. Paxta eng muhim eksport ekini boʻlib (Afrikada Misrdan keyin 2oʻrin), Gezira, Oq va Koʻk Nil, Atbara vodiylarida yetishtiriladi. Kordofan platosi, Koʻk Nil va Atbara vodiylarida kunjut, Darfur va Kordofan platolarida yer yongʻoq, hamma vohalarda oq joʻxori, tariq ekiladi, shim.da xurmo yetishtirilady va makkaisano bargi terib olinadi. Texnika ekinlaridan shakarqamish va boshqa yetishtiriladi. Aqoqiyo (arab yelimi) yetishtirishda dunyoda yetakchi oʻrinda turadi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, tuya, xachir, yilqi va boshqa boqiladi.
Sanoatida mehnatga layoqatli Agʻolining 5% band boʻlib, u asosan mahalliy qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash va yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Oziqovqat sanoatida yogʻ, sut, qandshakar, konserva z-dlari, yengil sanoatda toʻqimachilik, poyabzal, paxta tozalash, shuningdek, mashinasozlik va metallsozlik, kemasozlik, neft, sement, mineral oʻgʻit ishlab chiqarish. korxonalari bor. Oz miqdorda oltin, uran, xrom, temir, marganets rudalari va gips qazib olinadi. Keyingi davrda neft qazib chiqarish koʻpaydi. Dengiz suvidan tuz ajratib olinadi. Yiliga oʻrtacha 1,33 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Hartum, Omdurman, PortSudan, Atbara, VodiyMadoni. Transport yoʻli uzunligi 5,5 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 21,4 ming km. Asosiy dengiz porti PortSudan. Nil va uning irmoqdarida kema qatnaydi. Hartumda xalqaro aeroport bor. Chetga paxta, xom neft, oq joʻxori, aqoqiyo, yer yongʻoq, kunjut, chorva mollari chikaradi, chetdan mashina va uskuna, bugdoy, neft mahsulotlari, transport vositalari, doridarmon oladi. Saudiya Arabistoni, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya,
== Tibbiy xizmati ==
19-asrgacha S. shimolida 2—3 y.lik musulmon maktablari boʻlgan. Mustamlakachilar kelgach, ingliz taʼlim tizimi namunasidagi 4 y.lik boshlangʻich, 4 y.lik oraliq, 4 y.lik oʻrta maktablar tuzila boshladi. 1970 y. maktab tizimi isloh. qilinib, 7—13 yoshdagi bolalar uchun 6 y.lik boshlangich, 6 y.lik oʻrta (3 y.lik toʻliqsiz va 3 y.lik toʻliq) maktab joriy etildi. Qizlar maktabida uyroʻzgʻor va tikuvchilik ham oʻrgatiladi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ped. oʻquv yurtida, toʻliqsiz oʻrta maktab oʻqituvchilari ped. markazlarida 2 y. davomida tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich va toʻliqsiz maktab negizida 4 y. davomida olib boriladi. Hartum universiteti, Qohira universitetining Hartum filiali, Omdurmandagi islom instituti, Juba universiteti, VodiyMadonidagi Gezira universiteti kabi oliy oʻquv yurtlari, shuningdek, 2—3 y. davomida oʻrta maxsus taʼlim darajasida maʼlumot beradigan bir kancha institut va kollejlar (Hartum politexnika instituti, tibbiyot kolleji va boshqalar) ham bor. Hartum universitetining kutubxonasi, Omdurmandagi Ommaviy kutubxona, Hartumda Milliy muzey, Etn. muzeyi, Tabiat tarixi muzeyi, Meroeda Muzeyqoʻriqxona mavjud. Ilmiy tadqiqotlar universitetlarning laboratoriyalarida, Afrika va Osiyo intida, Hartumdagi sanoat tadqiqotlari institutida, bir qancha vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalarda olib boriladi.
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
== Adabiyoti ==
Koʻhna S. tamadduni (sivilizatsiyasi) Qad. Misr va yunon madaniyatlari bilan bogʻliq ravishda rivojlangan. 7-asrdan arab tili singib, adabiy asarlar shu tilda yozila boshladi. 17—18-asrlarda Hammad ibn Muhammad ibn Ali alMumayux va Muhammad alJaali kabi atoqli shoirlar ijod qildilar. 19-asr xalq sheʼriyatida (X. Abu Sinna, Umm Museymasxonim, Bint alMakkaviy va boshqalar) chet el istilochilariga qarshi kurash, arablar birligiga daʼvat ohanglari yangraydi. Mumtoz adabiyot namoyandalaridan Muhammad Sayd alAbbosiy, Abdulloh Abdurahmon, Husayn azZahra ijodi ajralib turadi. Yahyo asSalaviy Nil vodiysi xalqlarini "birgalikda kurashish"ga chaqiruvchi sheʼrlari bilan mashhur boʻldi. 20-asrning 10—20y.larida milliy matbuot yuzaga keldi. 30y.larda Abu Jukkud, Ali Ahmadoniy, Hamza alMalik Tunbul, Yusuf Bashir atTijoniy kabi shoirlar adabiyotni rivojlantirdilar. Muhammad Ahmad Mahjub va Abdulhalim Muhammadlar qissa va roman janrida ijod qila boshladilar. 20-asrning 2-yarmida shoirlardan Toj asSirr Hasan, Jili Abdurahmon, Jaʼfar Hamid alBashir, Muhammad Miftoh alFayturiy, yozuvchilardan Usmon Ali Hyp, Abu Bakr Xolid, atTayib Zarruk ijtimoiy mavzularda asarlar yozishdi. S.da xalq, ogʻzaki ijodi ham keng yoyilgan. Shimoliy S.da folklar janrlari boshqa arab mamlakatlari ogʻzaki ijodiga, janubiy S.da esa tropik Afrika madaniyati namunalariga oʻxshash.
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
20-asr oʻrtalaridan tasviriy sanʼatda dastgoh rassomligi milliy maktabi vujudga keldi, unda mahalliy bezak va yevropacha anʼanalarni birga qoʻshish odat tusiga kirgan. Keyingi yillarda M. Kua, A. Hamid kabi haykaltaroshlar, X. Abbos, M. O. Bashir kabi rassomlar, A. A. Borxan kabi grafika ustalari yetishib chikdi. S. tasviriy va amaliy sanʼatida yogʻoch va loydan haykalchalar yasash keng tarqalgan. Shimoliy S. arablari orasida kandakorlik, teridan turli anjomlar yasash, jan. xalqdarida pichoqchilik, badiiy toʻqimachilik anʼanaviy mashgʻulot hisoblanadi.
== Kinosi ==
1968 y. oʻquv va voqeiy filmlar ishlab chiqaradigan kino boshkarmasi tashkil etildi. 1960—70 yillarda toʻla metrajli "Umid va orzular" (
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
|